2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va -fayllar.org
Diftonglar. Singarmonizmli shevalarda diftong hodisasi ko‘p uchraydi. Har bir tovush talaffuzida ekskursiya, ish momenti (to‘xtam) va rekursiyaning to‘liq qatnashishi yoki har bir tovushning mustaqil talaffuzi monoftongdir. Diftong esa bir tovushda boshqa bir tovush unsurining ishtirokida yuz beradi. Adabiyotlarda diftongning ikki turi to‘g‘risida, ya’ni so‘z boshida va so‘z ichida (o‘rtasida, oxirida) qo‘llanishi aytiladi hamda diftongda asosiy unli asosiy tovush tushunchasidan foydalaniladi.
O‘zbek shevalarida diftongning qo‘llanishida shunday jarayon yuz beradi: talaffuzda asosiy tovush ekskursiyasi boshlanishida shu tovush artikulatsiyasiga yaqin boshqa tovush (transkripsiyada i, j, u, ü, v) unsurlari qatnashadi va to‘xtam hamda rekursiyada asosiy tovush (unli tovushlardan biri) talaffuzi saqlanadi; so‘z ichida esa ekskursiya va to‘xtamda asosiy tovush talaffuz etilgani holda, rekursiya so‘ngida j undoshi qatnashadi (11-rasm).
Bu fonetik hodisa qipchoq, o‘g‘uz lahjasi shevalariga xosdir: ikkinchi ~ jekinči, echki ~ ješki, ikki ~ jeki, o‘ynab ~ vojnap. Diftongning ikkinchi turiga tush ~ tü jš, sut ~ sü jt misollarini keltirish mumkin.
O‘zbek shevalarida quyidagi diftonglar qayd qilinadi:
je : ikki ~ jeki, ena ~ jenä, ellik ~ jelüv;
uo : o‘rta ~ uorta, o‘yla ~ uojla;
üö : o‘rdak ~üördäk, o‘t(fe’l) ~ üöt;
vo : on ~ von, oy ~voj;