2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Mavzu rejasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix06.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi



2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi
 
Mavzu rejasi: 
1. Mehnatga haq to‘lash va uni hisobga olishning vazifalari
2. Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi 
3. Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi
4. Mehnatga haq to‘lash shakllari 
5. Mehnatga haq to‘lash va undan undiriladigan ushlanmalar hamda ajratmalar hisobi
6. Ta’til muddatini hisoblash va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini to‘lash 
tartibi 
7. Daromadga solinadigan soliq stavkasi va ularning hisobi 
8. Ijtimoiy soliq to‘lovga ajratmalarining buxgalteriya hisobi 
Tayanch iboralar: Mehnat haqi, mehnatga haq to‘lash ta’rifi, mehnatga haq 
to‘lashning ta’rifsiz tizimi, mehnatga haq to‘lash shakllari, ish haqidan ushlanmalar
mehnatga haq to‘lashdan ajratmalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
ijtimoiy soliq tshlovi.
1. Mehnatga haq to‘lash va uni hisobga olishning vazifalari 
Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan 
tashqari, bevosita mehnat jarayonini ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida 
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot 
vujudga keltiriladi. 
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko‘plab vazifalari 
bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to‘lashning shakllari, tizimlari va 
miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag‘batlantirishni korxonalar mustaqil o‘zlari 
belgilaydi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni yuridik 
asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat shartnomalari va 
boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. 
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni buxgalteriya hisobi 6710-
«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» passiv schyotida yuritiladi. Mehnat 
va unga haq to‘lash hisobi korxonaning hisob tizimida markaziy o‘rinlardan birini 
egallaydi va u mehnatning son va sifati, iste’molga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan 
foydalanish ustidan tezkor nazoratni ta’minlashga qaratilgan. 
2009 yil 1 avgustdan boshlab byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, 
tashkilotlar va korxonalarning xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zR Vazirlar 
Mahkamasini 21iyul 2009 yildagi № 206 Qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi 
(YaTS)ga asosan amalga oshiriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif 
koeffitsientlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o‘rtasidagi mehnatga 
haq to‘lash nisbatini namoyon etadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin