2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Mavzu rejasi


Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida-



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix06.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
2-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi

Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida- tarif stavkasi (maoshi) 
bo‘yicha ish haqidan tashqari, ishchilarni mukofotlash haqidagi korxonada ishlab chiqilgan 
qaror, jamoa shartnomasi yoki korxona boshqaruvchisi buyrug‘i (farmoyishi) asosda 
qo‘shimcha ravishda, ma’lum miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishgani uchun mukofot 
to‘lanadi. Mukofotlash oylik yoki undan uzoqroq muddat (chorqalik) ish natijalari asosida 
amalga oshirilishi mumkin. 
2. Mehnatga ishbay asosida haq to‘lash  
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida - ish haqi haqiqatda bajarilgan ish 
(tayyorlangan mahsulot) uchun, bir birlik ishga to‘lanadigan amaldagi narxlar bo‘yicha 
hisoblanadi. Mehnatga ishbay asosida haq to‘lash, mehnatni tashkil etish usuliga bog‘liq 
holda individual va jamoaviy (brigada)larga bo‘linadi. 
Mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning individual shaklida, ishchini uning mehnati 
uchun mukofotlash, to‘liq individual ravishda ishlab chiqilgan mahsulotlar soni, uning 
sifati va ishbay bahosiga bog‘liq. 
Mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning jamoaviy (brigada) shaklida, butun 
brigadaning ish haqi haqiqatda bajarilgan ish hajmi va uning bahosini hisobga olgan holda 
aniqlanadi. Brigadadagi har bir ishchining ish haqi esa, butun brigada tomonidan ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmiga hamda ishchining umumiy hajmdagi ish miqdori va sifati 
ulushiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimisi, ish haqi hisoblashning usuliga bog‘liq 
holda quyidagilarga bo‘linadi: 
- to‘g‘ri ishbay; 
- ishbay-mukofot; 
- ishbay-progressiv; 
- bilvosita; 
- akkord. 
To‘g‘ri ishbay shakli - ish haqi, o‘rnatilgan ishbay narxlar bo‘yicha haqiqatda 
bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin