2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Mavzu rejasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix06.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi

 
 
 
 


O‘zR Vazirlar Mahkamasini 21iyul 2009 yildagi № 206 qaroriga asosan yagona 
tarif setkasiga asosan ish haqini belgilash quyidagi razryad va tarif koeffitsentlari 
asosan belgilanadi. 
Mehnat va unga haq to‘lashni hisobga olish, hisobotni tuzish va mehnat haqi 
jamg‘armasi utsidan nazorat qilish va ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘lovlarni amalga 
oshirish uchun sub’ektlarning xodimlari, jumladan, sanoat tarmog‘idagi sub’ektlarning 
ishchi va xodimlari uchta guruhga bo‘linadi: 
- sanoat ishlab chiqarishidagi ishchi va xodimlar- ushbu sub’ektning asosiy 
yo’nalishida band bo‘lgan ishchilar va xodimlar; 
- nosanoat ishlab chiqarishidagi ishchi va xodimlar- asosiy ishlab chiqarishga va 
sub’ektning faoliyatini muqobil yuritishga yordam beruvchi tarmoqlarda band bo‘lgan 
ishchi va xodimlar; 
- asosiy ro‘yxatdan tashqari ishchi va xodimlar- pudrat shartnomasi va boshqa 
vaqtincha shartnomalarga asosan vaqtincha sub’ektda ishlayotgan va unga xizmat 
ko‘rsatayotgan ishchi va xodimlar. 
Bundan tashqari mehnat bo‘yicha hisobot shaklida sanoat ishlab chiqarishidagi ishchi 
va xodimlari o‘z navbatida ikkita guruhga- asosiy ishchilar va xizmatchilar (rahbarlar, 
mutaxasislar va boshqa xizmatchilar)ga bo‘linadi. Yuqorida keltirilgan guruhlar, 
xodimlarning soni va tarkibi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar tegishli «Ishchi va 
xizmatchilarning soni va mehnat haqi bo‘yicha satitsika ma’lumotlarini tuzish» 
to‘g‘risidagi yo’riqnomaga muvofiq tartibga solinadi va aniqlanadi. 
Mehnatga haq to‘lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan tashkil topgan: 
a) xodimlr bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishni (mehnat haqi va boshqa 
to‘lovlarni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan summalarni berish( o‘z 
vaqtida amalga oshirish; 
v) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan mehnat haqi va tegishli 
ajratmalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘shish; 
s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisobot ma’lumotlarini tayyorlash 
uchun mehnat va unga haq to‘lash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni yig‘ish va guruhlashtirish; 
d) ijtimoiy sug‘urta, pensiya va bandlik jamg‘armalari bilan hisoblashishni o‘z 
vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirish. 
Иш ҳақи тўлаш 
разряди 
Тариф 
коэффиценти
Иш ҳақи тўлаш 
разряди 
Тариф 
коэффиценти 

2,476 
12 
6,115 

2,725 
13 
6,503 

2,998 
14 
6,893 

3,297 
15 
7,292 

3,612 
16 
7,697 

3,941 
17 
8,106 

4,284 
18 
8,522 

4,640 
19 
8,943 

4,997 
20 
9,371 
10 
5,362 
21 
9,804 
11 
5,733 
22 
10,240 


Mehnat va unga haq to‘lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, ushbu 
yo’nalishdagi mablag‘lardan foydalanish, mehnat haqi jamg‘armasini shakllantirish va 
ijtimoiy xususiyaga ega bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish utsidan tezkor nazorat 
o‘rnatishni ta’minlashi lozim. Chunki yuqorida keltirilgan vazifalarning o‘z vaqtida 
amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan 
himoya qilishning asosiy omillaridan biridir. 
Korxonada xodimlar ikki guruhga ajratiladi: 
1.Asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar (sanoat ishlab chiqarish xodimlari); 
2. Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar. 
Mehnat haqi o‘z tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
A) asosiy; 
B) qo‘shimcha mehnat haqi. 
Mehnatga haq to‘lashning quyidagi shakllari mavjud: ishbay, vaqtbay. 
Yangi schyotlar rejasiga asosan, ishchi va xizmatchilar bilan hisob - kitobning sintetik 
hisobi 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” nomli 
sintetik schyotlarda yuritiladi, bu schyot korxona ro‘yxatidagi va ro‘yxatda turmaydigan 
xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash (barcha turdagi mehnat haqi, mukofotlar, ishlaydigan 
nafaqaxurlarga beriladigan nafaqalar, hamda boshqa to‘lovlar) bo‘yicha, shuningdek, 
mazkur korxonaning aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlari yuzasidan daromadlarni to‘lash 
bo‘yicha hisoblashlar bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangandir.
Ishlagan kunlari va soatlarining miqdori o‘ndan bir miqdorda ko‘rsatiladi. Tabellarga 
qo‘lda ishlov berilganda (kontirovka) harf va sonlar bilan, agarda kompyuterda ishlov 
berilganda sonlar bilan kodlashtiriladi. Sub’ektlarda tabellarning ikkita shakli qo‘llaniladi 
- T-12 va T-13 va ular yordamida mehnat vaqtidan foydalanish hisobga olinadi va nazorat 
qilinadi. 
T-12 shaklida ish vaqtidan foydalanishdan tashqari hisoblangan mehnat haqi ham 
ko‘rsatiladi. Unda har bir xodimga biriktirilgan tabel nomeri, xodiqiyining ismi va nasabi, 
guruhi, mutaxassisligi yoki mansabi, maoshi, shu oyda ishlagan kunlarining soni va soati, 
shundan belgilangan soatdan ortiqcha ishlagan vaqti-soatda, kechasi va tunda ishlagan 
vaqtlari, ishga kelmagan vaqti va sabablari, dam olish va bayram kunlari, bundan tashqari 
bo‘sh turib qolgan vaqtlari ham ko‘rsatiladi. Oxirgi usunida sub’ektning qaysi faoliyatining 
tarmog‘ida ishlaganligi va hisoblangan mehnat haqi ham ko‘rsatiladi. Chunki ushbu 
ma’lumot mehnat sarflarini, mahsulot va ishning tannarxini tegishli moddalari bo‘yicha 
hisoblash imkoniyatini yaratadi va mehnat unumdorligini hisoblashga asos bo‘ladi. 
T-13 shaklida esa ushbu ko‘rsatkichlar har bir bo‘lim, tarmoq yoki ishning turi 
bo‘yicha (mehnat haqi summasidan tashqari) qayd qilib boriladi. 
Ushbu hujjatlarning ma’lumotlariga asoslangan holda quyidagi hujjatlar to‘lg‘aziladi: 
- hisoblashish-to‘lov qaydnomasi» - T-49 shakli. Bu hujjatda har bir xodim bo‘yicha 
kodlari ko‘rsatilgan holda tegishli oyda hisoblangan mehnat haqi summasi ishlagan joyi 
ko‘rsatilgan holda qayd qilinadi va ushbu mehnat haqi summasidan qonun hujjatlariga 
muvofiq chegirib qolingan summalar chegirtmalarning turlari bo‘yicha ko‘rsatilib, oxirgi 
usunda xodimga beriladigan summa ko‘rsatiladi va ushbu summaga asosan to‘lov 
qaydnomasi tuzilib, kassaga belgilangan tartibda beriladi; 
«Hisoblash qaydnomasi» T-51 shaklida ham asosan ushbu ma’lumotlar tegishli oyda 
har bir xodim bo‘yicha qayd qilib boriladi. Ayrim hollarda T-49 shaklining o‘rniga 
qo‘llaniladi. 
21-son BHMSda korxona xodimlariga ish haqining barcha turlari: mukofotlar, 
yordam pullari, ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar 


bo‘yicha joriy qarzdorliklar hisobini yuritish uchun 6710-"Xodimlar bilan ish haqi 
bo‘yicha hisob-kitoblar" va 6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi"
hisobvaraqlar mo‘ljallangan. 
6710-"Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining kreditida 
hisoblangan mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha yordam pullari va boshqa 
shunga o‘xshash summalar, hisobvaraqning debetida - hisoblangan ish haqidan 
ushlanmalar aks ettiriladi. 
6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvarag‘ida olinmagan ish haqlari bo‘yicha 
ishchilarga qarzlar aks ettiriladi. 
Deponentlar bilan hisoblashishlar hisobi, berilmagan ish haqi reestri ma’lumotlari 
asosida to‘ldiriladigan deponentlashtirilgan ish haqi kitobida yuritiladi. 
6710-"Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" va 6720-
"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvaraqlari tahliliy hisobi, korxonaning har bir ishchisi 
bo‘yicha ishchi va xizmatchilar shaxsiy hisobvaraqdan (T-54 va T-54a shakllar) 
foydalangan holda yuritiladi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin