Oxirgi paytlarda mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimida soatlik tarif
stavkasi ahamiyati ortib bormoqda.
Bu birinchidan, iqtisodiyotning ko‘pchilik
tarmoqlarida mehnatga haq to‘lash soatlik stavkalar asosida amalga oshirilayotganligi;
ikkinchidan, ayni
soatlik tarif stavkasi asosida, ishchiga amaldagi qonunchilik bilan
kafolatlangan (zararli mehnat sharoitlari tufayli
qisqartirilgan ish vaqtida, ish vaqtidan
tashqari ish bajarganligi uchun, kechki payt ishlaganligi uchun va hokazo) qo‘shimcha haq
miqdorini aniqlanishi bilan tushuntiriladi.
Ish vaqtining jamlangan hisobini qo‘llovchi korxonalarda aniq bir ishchining o‘rtacha
ish haqini hisoblash uchun foydalaniladigan o‘rtacha soatlik
ish haqidan soatlik tarif
stavkasini farqlash zarur.
Barcha turdagi tarif stavkalari (soatlik, kunlik va oylik) miqdori bajarilayotgan ish
qiyinchilik darajasi, shuningdek sharoitlari va jadalliligiga bog‘liq holda oshib boradi.
Tarif stavkasi negizida rag‘batlantirish tizimi tashkil topadi. Ish haqiga mukofotlar,
ustamalar, qo‘shimcha haqlar, tuman koeffitsientlari tarifga
nisbatan foiz hisobida
hisoblanadi.
Bajarilgan ishlar razryadidan kelib chiqqan tarif stavkalari miqdorlari orasidagi nisbat
tarif setkasida har bir razryad uchun belgilangan tarif koeffitsientini qo‘llash yo‘li bilan
aniqlanadi. Nolinchi razryad tarif koeffitsienti birga teng. Birinchi razryaddan boshlab u
ortib boradi va tarif setkasida ko‘rsatib o‘tilgan oxirgi, eng yuqori razryad uchun o‘zining
eng yuqori miqdoriga yetadi. Birinchi va oxirgi razryad tarif koeffitsientlari nisbatini tarif
setkasi diapazoni deb nomlash qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: