Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash odatda, xodiqiyining ishini me’yorlashtirish
yoki bajarilgan ishlarga asoslangan hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda
qo‘llaniladi.
Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lashda ishchi yoki xizmatchining ish haqi, uning
malakasi va ishlangan ish vaqti miqdoriga muvofiq holda aniqlanadi. Rahbar va xo‘jalikni
boshqaruvchi xodimlarning, navbatchi xodimlarning (chilangarlar, santexniklar,
elektriklar), ta’mirlovchi hamda mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarning va
hokazolarning mehnatlari vaqtbay asosida to‘lanadi.
Mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lash turli xil bo‘ladi:
- oddiy vaqtbay;
- mukofotli vaqtbay.
Mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida - ish haqi miqdorini
hisoblashning asosi qilib xodimlar jadvaliga muvofiq bo‘lgan tarif stavkasi yoki lavozim
maoshi olinadi. Mehnatga haq to‘lashning saotbay va kunbay shakllarini, vaqtbay
tizimining turli xillari sifatida ajratadilar. Ish haqi miqdorini aniqlashda, soatlik (kunlik)
ish haqi stavkasini haqiqatda ishlangan soat (kun)ga ko‘paytirib topiladi.
Odatda, mehnatga haq to‘lashning bunday shakllari, korxonaning yordamchi va
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslariga nisbatan
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: