3. Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi Tarifsiz tizimi - ishchining ish haqi miqdori har doim bo‘liqiyining yoki korxonaning
yakuniy ish natijalariga bog‘liq bo‘lib, ish haqining umumiy fondi shu natijalarga muvofiq
ravishda aniqlanishidir.
Tarifsiz tizimini qo‘llaganda mehnatga haq to‘lash miqdori, ish beruvchining yoki
korxona mulkdorlarining imkoniyatlari hisobga olingan holda mehnatga haq to‘lash uchun
yo‘naltirilgan mablag‘ hajmidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda ishchiga, faqatgina, uning
oylik ish haqi miqdori (ish vaqti me’yori to‘liq ishlab berilgan va mehnat me’yori
bajarilgan hollarda) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan
past bo‘lmasligi kafolatlanadi.
Tarifsiz tizimlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. o‘zgaruvchan maoshlar tizimi,
2. mehnatga haq to‘lashning komission shakli.
O‘zgaruvchan maoshlar tizimi O‘zgaruvchan maoshlar tizimi - mahsulotni ishlab chiqarish topshiriqlarini
bajarishda ishchilar mehnat natijalariga (mehnat unumdorligining ortishi yoki pasayishi,
mahsulot (ish, xizmat) sifatining oshishi yoki pasayishi, mehnat me’yorlarini bajarishi yoki
bajarmasligi va hokazo) bog‘liq holda, tarif stavkasi (lavozim maoshi)ga davriy
o‘zgartirishlar amalga oshirishga asoslanishidir.
Mehnatga haq to‘lashning komission shakli Mehnatga haq to‘lashning komission shakli - korxonaning tashqi iqtisodiy
xizmati, sotish bo‘limi ishchilariga, reklama agentlariga va shu kabilarga qo‘llaniladi.
Ishchilarning
mehnatiga
haq
to‘lashni,
ularning
faoliyat
natijalariga
muvofiqlashtiradigan komission shaklining ko‘p turlari mavjud. Aniq bir usulni tanlash
korxona qanday maqsadlarni mo‘ljallayotganligiga, shuningdek bozor hamda sotilayotgan
tovar xususiyatlariga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, agar korxona umumiy sotish hajmini eng yuqori darajaga yetkazishga
intilayotgan bo‘lsa, u holda odatda, komissionlar sotish hajmiga nisbatan belgilangan foiz
ko‘rinishida o‘rnatilanadi.