2-mavzu: tasodifiy miqdorlar va ularning sonli xarakteristikalari


Tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/9
tarix28.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#149951
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu ma\'ruzasi

Tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari
Diskret tasodifiy miqdorning matematik kutilmasi
Tasodifiy miqdorni yigʻma tasvirlaydigan sonlardan foydalanish qulayroq boʻladi; bunday sonlar tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari deyiladi. Muhim sonli xarakteristikalar jumlasiga matematik kutilish tegishlidir. Matematik kutilish taqriban tasodifiy miqdorning oʻrtacha qiymatiga teng.
Diskret tasodifiy miqdorning matematik kutilishi deb, uning barcha mumkin boʻlgan qiymatlarini mos ehtimollarga koʻpaytmalari yigʻindisiga aytiladi.
X tasodifiy miqdor faqat qiymatlarni mos ravishda ehtimollar bilan qabul qilsin.Bu holda X tasodifiy miqdorning M (X) matematik kutilishi quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:

Misol. X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini bilgan holda uning matematik kutilishini toping:
X 3 5 2
P 0,1 0,6 0,3.
Yechilishi. Izlanayotgan matematik kutilish tasodifiy miqdorning barcha mumkin boʻlgan qiymatlarini ularning ehtimollariga koʻpaytmalari yigʻingisiga teng:
M(X)= 
Matematik kutilmaning xossalari.
1-xossa. Oʻzgarmas miqdorning matematik kutilishi shu oʻzgarmasning oʻziga teng:

Isboti. C oʻzgarmasni mumkin boʻlgan bitta C qiymat ga ega boʻlgan va uni p=1 ehtimol bilan qabul qiluvchi diskret tasodifiy miqdor sifatida qaraymiz. Demak,

1-eslatma. C oʻzgarmas miqdorini X diskret tasodifiy miqdorga koʻpaytmasi deb, shunday CX diskret tasodifiy miqdorini olamizki, uning mumkin boʻlgan qiymatlari X ning mumkin boʻlgan qiymatlarini C oʻzgarmasga koʻpaytmalariga teng; CX ning mumkin boʻlgan qiymatlarining ehtimollari X ning mumkin boʻlgan tegishli qiymatlarining ehtimollariga teng. Masalan, mumkin boʻlgan x qiymatning ehtimoli p ga teng boʻlsa, u holda CX miqdorning Cx qiymatni qabul qilish ehtimoli ham p ga teng boʻladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin