3. Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirish
vositalari va usullari. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzi-
lishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuri-
tish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulo-
salar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli
ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida
sog‘lom, tabiiy muhit yara-
tish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gapla-
66
shish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar
nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim
bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
– dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi;
– bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga
e’tibor berish;
– bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash;
– dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish;
– hikoya qilib berish;
– bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
– bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar.
Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amal-
ga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati,
shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi.
Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi
ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlarni to‘g‘ri talaffuz
qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik to-
mondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi.
Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu
hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan mulo-
qotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo
bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini
takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini
ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik
nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik ji-
hatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish
muhim va zarur hisoblanadi.
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tu-
shunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali
o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqea-
hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu
ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.
Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa-
bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yosh-
67
dagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mav-
jud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakl-
lantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor
berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona
Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshla-
nadi. Bunda «
Maktabgacha tarbiya muassasasi uchun dastur»da
bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni
kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish,
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shahar-
lar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «mustaqillik kuni» (1991-yil
1-sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bi-
lan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi
haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi,
uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati,
yerosti va yerusti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soy-
lari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘
mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari,
o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota-
onalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli so-
halaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa
vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning bar-
chasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni
aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli
nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda
Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq
xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos bel-
gilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar,
nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijo-
di namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim
so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bi-
lan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri
aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli,
rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini
faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq
68
madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomil-
lashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat
kasb etadi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida
olib borgan kuzatishlar shuni
ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib,
qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini ku-
zatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat
qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish.
2. Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash.
3. Nutqni rivojlantirish jarayoni.
4. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik.
5. Nutqni rivojlantirish mazmuni.
6. Nutqni rivojlantirish shakllari.
7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi.
8. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni – nutqni o‘stirishning muhim
vositasi ekanligi.
Bolalarning nutqini rivojlantirish maxsus o‘rganilmaydi, natijalari ish-
lab chiqilib, mashg‘ulotlar tizimi belgilab olinmaydi, mashg‘ulotlar ma’lum
maqsadga yo‘naltirilgan holda muntazam va izchil olib borilmaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarining katta guruhlarida bo-
lalarning nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus top-
shiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda
mashg‘ulotlar olib boriladi.
Misol. Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya
qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq»,
«Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon»
kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay
olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.
Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
– hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz);
– matn mazmunining to‘liqligi;
– matnni bayon qilishda izchillik;
– ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;
– nutqning ravonligi.
69
Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya
qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi
mumkin.
– bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil
hikoya qila olmaydi;
– matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;
– ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;
– bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;
– nutqda ifodalilik yetishmaydi:
– bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
– o‘zicha ba’zi so‘zlarni qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi;
– kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;
– hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;
– mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.
Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va
ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l
qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi.
Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar
asosiy mezon sifatida olinadi:
– tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yor-
damisiz, mustaqil bayon eta olishi;
– matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;
– matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
– ifoda vositalaridan foydalana olishi;
– nutqning ravonligi, tezligi;
– jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;
– nutq madaniyatiga rioya etishi.
Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz,
suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda
mavjud bo‘lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida
sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan bir-
ga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai holi
yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
|