Xulosa: – Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar
nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
– Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning
tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar,
o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini an-
iqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
– Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor
berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish,
boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va
hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab ye-
tishga olib keladi.
– Maktabgacha tarbiya muassasasida
sog‘lom, tabiiy muhit
yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gap-
lashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi.
– Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning
o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossala-
rini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning
grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish,
dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod
o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuni- yatlari haqida gapirib bering. 2. Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asoslari haqida nima- larni bilasiz? 3. Nutq o‘stirish borasida qanday didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘riladi? 4. «Bolajon» tayanch dasturi ishlab chiqilishiga nima sabab bo‘ldi? 5. Yangi takomillashtirilgan «Bolajon» tayanch dasturining maqsad, vazifalari nimalardan iborat? 6. Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usulini ayting?