2. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlanti-
rishning ilmiy asosi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablari 2008-yil 28-sentabrdagi XTV hay’at
yig‘ilishining 10/4 qarori bilan tasdiqlangan. Bu Davlat talablarini
amaliyotga joriy etish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tay-
yorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik Markazi
«Bolajon
» tayanch dasturining ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi.
«Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning
maqsad, vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkin-
lashuvi sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barka-
mol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish,
amaldagi «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturining sama-
rali mazmun-mohiyatini saqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi
bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan.
62
Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash
tuyg‘usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy
qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi.
Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YUNISEF xalqaro
tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazgan uch bosqichlik tajriba-vali-
datsiya sinovlaridan samarali o‘tgan.
«Bolajon» tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta’lim
sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu me’yoriy hujjatlar bilan
ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi
bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar
kiritilmadi.
«Bolajon» yangi tayanch dasturi yaxlit holatda, to‘ldirish va
qo‘shimchalar bilan 12 bosma taboqni tashkil etadi.
«Bolajon» yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha
yoshdagi bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish
maqsadini ko‘zda tutgan:
1. Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena.
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish.
3. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik.
4. Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish
va uni anglash.
«Bolajon» tayanch dasturi zamonaviy pedagogik-psixologik tad-
qiqotlar uch yoshgacha bo‘lgan davr, uch yoshdan besh yoshgacha
va besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar psixik va yosh xu-
susiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqinligini ilmiy asoslagan. Tahlillarga
tayanib, yangi dasturda tug‘ilgandan 24 oygacha bo‘lgan rivojlanish
davrlari (ilk yosh) oylar kesimida, I kichik (2–3 yosh), II kichik (3–4
yosh), o‘rta (4–5 yosh), katta (5–6 yosh), maktabga tayyorlov (6–7
yosh) qilib belgilandi.
Tug‘ilgandan yetti yoshgacha bo‘lgan davrlarning xususi-
yatlari tavsifi har bir yosh davr ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan
talablar yoritilgan bandlar boshiga joylashtirildi. Bu dasturdan
foydalanishda har bir yosh davr, uning o‘ziga xos xususiyatlari-
ga taalluqli ma’lumotlar bilan yaxlit bir bandda tanishib chiqish
imkoni mavjud.
63
«Bolajon» yangi tayanch dasturida jismoniy rivojlanish, salomat-
lik, madaniy-gigiyenik malakalar yo‘nalishi bo‘yicha asosiy harakat-
lar alohida yoritildi va ular quyidagicha tartiblandi:
Asosiy harakatlarga doir mashqlar; (Yurish, yugurish, sakrash,
dumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanatni
saqlash, velosiped haydash).
«Bolajon» tayanch dasturida umumrivojlantiruvchi mashqlarga
oid: (Yirik motorikani rivojlantirish, mayda qo‘l motorikasini rivoj-
lantirish, sensomotorikani rivojlantirish bo‘limlari alohida yoritildi
(«Sensomotorika» – senso va motor so‘zlarining birgalikdagi ifodasi
bo‘lib, lotincha «sensus» - sezish, «motor» - harakat, birgalikda nozik
harakatlarni sezish ma’nosida qo‘llanadi).
Oyoq uchun mashqlar;
Gavda uchun rivojlantiruvchi mashqlar;
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish;
Ertalabki badantarbiya;
Saflanish va qayta saflanish;
Sport mashqlari;
Raqs mashqlari;
Harakatli o‘yinlar.
«Bolajon» yangi tayanch dasturida ta’limiy, voqeaband-ijroli,
harakatli, teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatlarini har bir yosh bosqichi
uchun alohida «O‘yin « bandida mustaqil bayon etish ko‘zda tutilgan.
Madaniy-gigiyenik malakalar alohida bandlarda yoritilgan:
taxminiy kun tartibi;
uxlash gigiyenasi;
shaxsiy gigiyena;
ovqatlanish gigiyenasi;
madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat
qilish;
o‘ziga xos gigiyena;
shikastlanishning oldini olish bandlari.
«Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish vazifasi
mustaqil yo‘nalish sifatida dasturga ilk bor kiritildi. Uning maqsadi
bolada milliy o‘zlikni anglash, o‘zi va o‘zgalar shaxsini hurmat qi-
64
lish, his-tuyg‘ularni ifodalash, kattalar va tengdoshlari bilan mu-
loqotda milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishni
tarbiyalashdir.
Bu bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvi bilan bog‘liq bo‘lib,
bo‘lg‘usi barkamol shaxs ega bo‘lishi zarur bo‘lgan fazilatlarni tarbi-
yalashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
«Bolajon
» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi:
Ijtimoiy rivojlantirish (kattalar va tengdoshlari bilan muloqot);
Hissiy rivojlanish (bolaning «men» konsepsiyasi va his-tuyg‘ularini
ifodalashi)ni o‘z ichiga olgan. Yangi dasturda nutq, o‘qish va savodga
tayyorlash yo‘nalishi alohida, keng ochib berilgan. Ular quyidagicha
tartiblangan:
Nutq (Uning ekspressiv va impressiv muloqot turlari).
O‘qish va savodga tayyorlash:
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Bunda ilk bora bolani harflar bilan tanishtirish, bo‘g‘inlab o‘qish
va o‘z ismini bosma harflarda yozish vazifasi kiritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturida bilish jarayoni, atrof olam
to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishiga
quyidagilar:
elementar matematik tasavvurlar (Son va sanoq, kattalik, geometrik
shakllar, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash, qurish-yas-
ash, ta’limiy o‘yin va mashqlar);
atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash (Ona
Vatan va tevarak atrof, buyuk siymolar, kattalar mehnati, trans-
port vositasi, buyumlar haqida bilimlar, jonli va jonsiz tabiat, yer
kurrasi to‘g‘risida tasavvur);
tasviriy faoliyat;
musiqa;
o‘yin faoliyati (ta’limiy, harakatli, voqeaband-ijroli, teatrlashtiril-
gan o‘yinlar) keng yoritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi» Maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishi-
ga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan
yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, bor-
65
liqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi,
umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil
va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
«Bolajon» tayanch dasturining vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy
hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini
muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek,
kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri
shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Go‘daklik (1 yoshgacha)
– ilk yosh (1–2 yosh)
– ilk yosh (2–3 yosh)
– kichik yosh (3–4 yosh)
– o‘rta yosh (4–5 yosh)
– katta yosh (5–6 yosh)
– maktabga tayyorlov davri (6–7 yosh)
Dasturning tuzilmasi:
1. Bolalarning rivojlanish xususiyatlari.
2. Jismoniy rivojlanish.
3. Mashg‘ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yil-
lik va jami).
4. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.
5. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik.
6. Bilish jarayoni: atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish
va uni anglash.
Dostları ilə paylaş: |