Bola hayotining
ikkinchi yili. Bola bilan nutqiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va uning
lug‘atini boyitish, o‘z harakatlarini so‘zlar bilan birgalikda amalga
oshirish, kichkintoyni tarbiyachi (kattalar)topshirig‘iga ko‘ra ayrim
oddiy topshiriqlarni (o‘yinchoqni, etiklarni, paltoni keltirish; qizil
o‘yinchoqlarini ko‘rsatish)
bajarishga undash, buyumlar, kiyim-
boshlar, idish-tovoqlar, sabzavotlar va mevalarning nomlari hamda
ular bilan amalga oshiriladigan harakatlar haqidagi savollarga javob
berish uchun barcha vaziyatlardan foydalanish lozim.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash-
ning mazmuni va metodlari. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga
ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy
va ma’naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug‘ma layoqati,
qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va
umum insoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim
olishga tayyor-
lashdan iborat.
Bolada kattalar bilan muloqot jarayonida axloqiy xulq-atvor-
ning dastlabki tajribalari shakllanadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj –
muhim ijtimoiy ehtiyoj bo‘lib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy ehtiyojni
qondiruvchi manba hisoblanadi. Axloqiy his-tuyg‘ular va odatlarni
tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, usiz bola shaxsining
murakkabroq
xususiyatlarini, ma’naviy kamolotni ta’minlash, mam-
lakatning ijtimoiy hayot hodisalari hadidagi tasavvurlarni va ularga
ijobiy munosabatni shakllantirib bo‘lmaydi.
Maktabgacha bolalikning dastlabki bosqichlarida tarkib toptirilgan
insonparvarlik asoslari uning ijtimoiy yo‘nalganligi bolalarda asta-
sekin shaxsning jamoatchilik belgilari: xulq-atvor odatlari, munosabat-
lari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Avvalo bolalar muassasasida jamoaning katta yoshli a’zolari
o‘rtasida to‘g‘ri o‘zaro munosabat uslubini vujudga keltirish kerak.
226
O‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik, ishga
muhabbat, mamlakatning si-
yosiy va mehnat hayotida ishtirok etish – bularning barchasi zarur
uslubni ta’minlashi lozim. Pedagogik jamoa va ota-onalar jamoala-
rining to‘g‘ri munosabatlari uslubi ham muhim ahamiyatga ega. Bu
uslub esa bolalar bog‘chasining ota-onalar bilan muntazam ish olib
borishi, oila tarbiyasi tajribalarini o‘rganish natijasida tarkib topadi.
Kattalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yuksak
darajasi – muvaffaqiyatli axloqiy tarbiyaning majburiy shartidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmu-
ni va metodlari bu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos kelishi
va u eng yaqin vaqtdagi axloqiy rivojlanish jarayonini ko‘zda tuti-
shi kerak. Masalan, agar 4 yoshli bolalar o‘z tengdoshlariga asosan
tarbiyachining maslahati, ko‘rsatmasi ta’sirida baholi-qudrat yordam
ko‘rsatsalar, 5 yoshga to‘layotganda bunday yordamni o‘z xohishla-
riga ko‘ra ko‘rsatishlari lozim.
Oilaga xos bo‘lgan muhabbat, o‘zaro e’tibor, g‘amxo‘rlik muhiti
bola his-tuyg‘usini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Oilada qaror
toptiriladigan ijtimoiy his-tuyg‘ular bolaning kichik yoshdan boshlab
to‘g‘ri axloqiy rivojlanishining muhim asosi hisoblanadi.
«Salomatlik va xayrixohlikni tarbiyalashning chinakkam maktabi –
bu oiladir; Otaga, onaga, buvaga, buviga,
aka-ukalariga, opa-singillariga
munosabat insoniylikning sinovi hisoblanadi»,- degan allomalarimiz.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining muhim vazifasi
– ota-onalarga bola shaxsini shakllantirishda ularning alohida rol
o‘ynashlarini tushuntirishi, zarur pedagogik bilim va ko‘nikmalarni
egallashlarida ularga yaqindan yordam berishdan iborat. Bolalar-
ning ma’naviy kamolotini ta’minlashda mahallaning o‘rni
ham kat-
tadir. Mahalla, avvalo, sog‘lom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli
ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori
o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartib-
ga solib turadi. Mahalla ijtimoiy kelib chiqishi, millati, mijozi turli
xil bo‘lgan va oilalarni tashkil qilgan odamlardan iborat. Mana shu
oilalarning boshlarini biriktirish, ularni ma’naviy
va moddiy-jis-
moniy jihatdan mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash kabi muhim
vazifalar ham mahallada amalga oshadi. Oilalarni bir jamoaga, ij-
227
timoiy guruhga, muassasaga, aynan mahalla birlashtiradi. Ularda
ahillik, hamjihatlik, hamkorlik, hamdardlik, his-tuyg‘ularini shakl-
lantiradi, kamol toptiradi.
Har bir fuqaroning hayotida «Shaxs-oila-mahalla» uchligi katta
ahamiyat kasb etadi. Bu sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos
tizimidir va eng muhimi, insonning jamiyat hayotiga singib, ijtimoiy
munosabatlar ishtirokchisiga aylanishida muhim vositadir.
Insonning oilada shakllangan imon-e’tiqodi, odobi, oriyati, vij-
doni, tafakkuri mahalla muhitida yanada yuksalib xalq manfaatlari,
o‘zaro inoqlik va hamkorlik his-tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashib, jami-
yatda sog‘lom munosabatlarning shakllanishiga olib keladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Bolalar nutqini о‘stirish bо‘yicha ishlarni qanday re-
jalashtiriladi?
2. Bolaning ovoz imkoniyatlarini qanday rivojlantiriladi?
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning
mazmuni va metodlari nimalardan iborat?
4. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining muhim vazi-
fasi nimalardan iborat?