60
Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning te-
varak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar,
o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini an-
iqlash
va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat
tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar)
uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish
muhimdir.
Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga eri-
shish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun,
avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini gu-
ruhlashtirish taqozo etiladi. (
2-jadval)
Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar
yoki ota-onalar to-
monidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni
ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar,
hodisalarni idrok
eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga eri-
shish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umum-
lashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish
vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida)
maktabga-
cha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan
turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni
parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan
bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va
to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan
maktabgacha katta yosh-
dagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmet-
larning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p ji-
hatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:
– nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va
ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib
yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);
– ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalani-
ladigan
metod va usullari;
– ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shun-
ga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).
61
– o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari
hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.
Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida
nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish
ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:
– nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish
uchun nutq materialini
tushunish;
– nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik
ko‘nikmalarni rivojlantirish;
– nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yosh-
dagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik
materiallarni
tanlash maqsadga muvofiqdir;
– ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu
o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash
an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda
tutiladi);
– muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qi-
yoslash;
– nutqning asta-sekin boyib borishi.
Dostları ilə paylaş: