4-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi



Yüklə 352,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix22.05.2023
ölçüsü352,74 Kb.
#119978
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Muxtorova Madina

Beshinchi qonuniyat: Nutq me’yorlarini o‘zlashtirish tilni his 
etishning rivojlanishiga bog‘liq.
Bolalarning nutqini o‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash 
me’yorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. 
Me’yorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson 
hayotining asosan maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi 
ona tili metodikasi ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alo-
hida hisobga olinadi: 
1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vosita-
sida amalga oshiriladi.
2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlarning kuza-
tishicha, tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlar nutq orqali o‘zlashtiriladi. 
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarak-
atrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar 
tug‘diradi.
Shunga ko‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalar-
ning nutqini to‘g‘ri yo‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish 
orqali amalga oshiradi.
Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun 
ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini 
hisobga olish muhimdir.
Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning 
barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli 
ortib boradi. Ya’ni bolalar boshqalarning xatti-harakatlarini, atrofda 
kechayotgan voqea-hodisalarni bilishga va baholashga intiladilar. 
Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat tur-
lari ham xilma-xil va mazmunli bo‘lib boradi. Demak, bolalar faoli-
yatining sermahsul turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi.


59
Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda 
uyushtiriladigan o‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foy-
dali mehnat va o‘qish kabi faoliyat turlari tobora ko‘proq rol o‘ynay 
boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir ko‘mak 
berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon 
bo‘ladigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, 
ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o‘z xulqlarini yanada asosli-
roq boshqara boshlaydilar.
Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar 
ma’nosini aniq biladilar, topshiriqlarni mustaqil va nuqsonsiz baja-
rish uchun astoydil intiladilar. Bularning barchasi nutqni rivojlanti-
rishning muhim shart-sharoitlari bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. 
Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-
odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim. 
Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axlo-
qiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak.

Yüklə 352,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin