61
– o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari
hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.
Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida
nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga
tayanib ish
ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:
– nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini
tushunish;
– nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik
ko‘nikmalarni
rivojlantirish;
– nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yosh-
dagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik
materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir;
– ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu
o‘rinda
bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash
an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda
tutiladi);
– muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qi-
yoslash;
– nutqning asta-sekin boyib borishi.
Dostları ilə paylaş: