4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Borliq va yo‘qlik dialektikasi.
Falsafa tarixida birinchi bo„lib Parmenid 
«Borliq bor, yo„qlik esa – yo„q»,degan fikrni ilgari surgan. Binobarin, yaxshi, 
yomon, to„g„ri, noto„g„ri, quvnoq, sho„r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga 
o„xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo„llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir 


koordinatalar tizimiga joylashtirib bo„lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. 
Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo„ladigan umumiy, 
universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa 
amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo„lishi mumkin, degan xulosa chiqarish 
imkonini beradi.
«Yo„qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo„lmagan narsa bilan 
tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha 
aytganda, yo„qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (yani amalda 
mavjud bo„lishi mumkin bo„lgan narsalar) o„zligini yo„qotgan holda «yo„qlik» 
atamasi ayni shu manoda ishlatiladi va ular haqida ular «yo„qlikka chekindi», 
mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy manoda bu fikrni to„g„ri deb bo„lmaydi. 
Borliq va yo„qlik o„rtasida dialektik o„zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko„ra, biz yashayotgan 
Olam bo„shliqdan bino bo„lgan. Bo„shliq materiyaning alohida holati. Bo„shliq 
fizik borliqning eng boy tipi, o„ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo„ladi, 
zero unda mumkin bo„lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda 
unda aktual tarzda hech narsa yo„q
1
.
Yana shuni ham etiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) 
nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u 
rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning Cheksiz
sonidan tashkil topadi. Shu manoda borliq va yo„qlikning o„zaro aloqasi ham 
nisbiy xususiyat kasb etadi. (bu fikr qadimgi mifologiyada olamning xilma xilligi 
g„oyasi bilan uyg„un). 
Ikkinchidan, amalda mavjud bo„lgan narsaning obektiv borlig„i yo„qlikka 
chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, yani u muayyan narsa 
sifatida fikrlanayotgan bo„lsa, bu narsa ongda mavjud bo„ladi va o„zining 
«ikkinchi» borlig„ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obektning nusxasi, ideal 
obrazi bo„lib qoladi.
Shunday qilib, 
o„tgan zamondagi borliq yo„qlikdir
, deb aytish mumkin. 
Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo„ladi, u faqat hozirgi zamonda o„zini 
namoyon etadi,
basharti u dolzarb va amalda namoyon bo„lish imkoniyatiga ega 
bo„lsa, agar u potensial, yani axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo 
bo„lishi obektiv rivojlanish mantig„i bilan belgilangan bo„lsa. Amalda yo„q bo„lgan 
narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal 
obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O„tmishga tatbiqan 
biz borliq haqida faqat shu manoda so„z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu manoda 
biz g„oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki 
o„zimizga yaqin odamlar to„g„risida so„z yuritamiz, bunda ular yo„qlikka 
1
Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, 
логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93. 


aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o„zgacha borliq kasb 
etganini nazarda tutamiz.
SHunday qilib, 
borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-
barangligi va turli-tuman namoyon bo„lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish 
imkonini beradi.
Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o„z xususiyatlari, xossalari 
bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo„lmish insonni 
bilish yo„lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-
barangligi, turli darajalari, ko„rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar 
haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimsi belgilanadi. Buning uchun 
mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi 
falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o„zi va umuman dunyo haqida o„ylar ekan, odatda muayyan narsalar 
va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko„radi. Ayni vaqtda u o„zini qurshagan dunyoni 
sinchiklab o„rganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun 
muayyan tayanch nuqtasi bo„lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-
shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida
masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o„rta 
asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», 
degan ongli inson amal qilganini ko„ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to„xtab qolmagan va o„zini 
qurshagan borliqning ko„p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha 
narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli 
voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga 
harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko„p sonli turli-tuman 
shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo„lgan bir nechtasini farqlash imkonini 
beradigan tajriba va bilim to„pladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin