4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili


O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasida



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasida
“haqiqiy borliq” – “Xudoning 
borlig„i” va “haqiqiy bo„lmagan”, yani Xudo yaratgan borliq farqlanadi.
Demak 
O„rta asrlarda borliqning oliy asosi Xudodir, degan g„oya ilgari surildi. Barcha 
barkamolliklar yig„indisi sifatida Xudo mavjudlik xususiyatiga ham egadir, chunki 
mavjud bo„lmagan mavjudot nomukammaldir. Binobarin, hamma narsaning 
mavjudligi Xudoda mujassamdir. Xudo borligi to„g„risidagi ontologik dalilning 
shiorlaridan biri ana shundan iboratdir. Unga ko„ra, butun dunyoni bir joyga 
bo„ysunish, quyi va oliyning subordinatsiyasiga asoslangan ierarxik tuzilmalar 
qamrab olgan. Bunda inson ruhi va ilohiy asosning o„zaro tasiri masalasi bosh 
muammoga aylanadi.
Foma Akvinskiy
ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda 
mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, yani substansiyadir. 
Foma Akvinskiy 
imkoniyat
va 
voqelik
kabi kategoriyalar bilan bir qatorda 
materiya
va 
shakl 
kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat 
sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy 
g„oyalaridan foydalanib, din haqidagi talimotni ularga to„la bo„ysundiradi. 
Materiya shaklsiz mavjud bo„lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning 
shakli» - Xudoga bog„liqdir. Xudo esa sof manaviy mavjudot. Shaklning materiya 
bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi 
kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», 
hamonki u o„z-o„zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir 
bo„lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon 
katolik cherkovi ham foydalanuvchi o„z dalil-isbotini taklif qiladi. Demak, o„rta 
asrlarning borliq muammosi teotsentrik xususiyatga ega.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin