Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy “Fuqarolik siyosati” va “Fozil
shahar odamlari” asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr yuritadi.
Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning
o„zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki
paydo bo„lishi mumkin bo„lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab
sifatida u o„zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi.
“Vujudi mumkin” esa doimo o„zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo„lib, unda
barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat
qiladi. “vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U
“Fuqarolik siyosati” asarida borliqni olti darajaga bo„ladi:
1. Birinchi holatdagi sabab.
2. Ikkinchi holatdagi sabab.
3. Uchinchi holatdagi aqli faol.
4. To„rtinchi holatdagi instinkt.
5. Beshinchi holatdagi shakl.
6. Oltinchi holatdagi materiya. Forobiy bu darajalarning har biriga tarif
beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli faolni tariflaydi. Unga ko„ra, aynan “aqli
faol”ga ko„ra, insonning tabiiy, manaviy va ruhiy hayoti shakllanadi.
Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl
va materiya haqidagi talimotidan foydalangan. Forobiy borliqning birinchi sababi
va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo„lsa-da, uning falsafasi
bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan tavsiflanadi.
Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy
elementlar – havo, olov, er, suvni; shuningdek minerallar, o„simliklar, hayvonlar,
inson va osmon jismlarini sinchiklab o„rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning
obektiv mavjudligiga urg„u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq
falsafasining rivojlanishiga kuchli tasir ko„rsatdi.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” yani Ollohdir. Vujudi
vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish
noo„rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo„lgan xilma xil jarayonlarning
mohiyatiga bog„liq bo„la olmaydi
3
. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o„ziga
bog„liq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar bo„lishi mumkin
emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik bo„lishi mumkin emas.
Vujudi vojib vujudi mumkinning yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati
harakat bilan bog„liq. Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar
ijodiga ijobiy tasir ko„rsatdi.
3
Ибн Сино Трактат о разделении // Классификации существующих вещей//Материалы по истории
прогрессивной философии .-М.: 2003. –С. 56