Gegel «sof borliq» kategoriyasidan foydalanishning boshqacha usulini
topgan. Uning ontologik konsepsiyasida bu kategoriya Mutlaq g„oya rivojlanish
mantig„ining tayanch nuqtasi hisoblanadi. «Sof borliq» va «sof yo„qlik»ning
ayniyligini
qayd etgan holda, Gegel bu qarama-qarshiliklar sintezidan iborat
bo„lgan «shakllanish» tushunchasini kiritadi (zero shakllanish nimaningdir
borligini
anglatadi, chunki «shakllanmoqda», vujudga kelmoqda, lekin hali
borliqqa
ega emas, chunki «shakllanmagan», vujudga kelmagan). Shundan so„ng
Gegel shakllangan nimadir «shakllanish»ning natijasi bo„lishini qayd etadi. Bu
natija, Gegel fikriga ko„ra, «mavjud borliq», yani «sof borliq»dan farqli o„laroq,
aniq sifatga ega bo„lgan borliqdir.
Albatta, Gegelning shakllanish g„oyasi muayyan narsaning shunday bir
holatiki, unda shakllanayotgan narsa bir vaqtning o„zida ham mavjud bo„ladi, ham
mavjud bo„lmaydi, degan fikriga qo„shilish mumkin emas. Ammo har qanday
shakllanish – bu qandaydir predmetning «sof yo„qlik»dan emas,
balki ilgari
mavjud bo„lgan boshqa predmetlardan vujudga kelishidir. Har qanday «mavjud
borliq» «sof borliq»dan va «yo„qlik»dan emas, balki boshqa bir «mavjud
borliq»dan vujudga keladi. Gegel fikriga zid o„laroq, «sof borliq»ning «sof
yo„qlik»ka o„tishi tushunchalar o„yinidan boshqa narsa bo„lmay, bundan amalda
sifat jihatidan aniq biron-bir borliq vujudga kelmaydi (buni XIX asrdayoq
L.Feyerbax va tushunchalar Gegelcha mantig„ining
boshqa tanqidchilari qayd
etgan). Ontologiyani «sof borliq» va «sof yo„qlik» kategoriyalari yordamida
tuzishga intilish XX asrning ayrim faylasuflari ijodida ham kuzatiladi
(M.Xaydegger, E.Fink va b.). Ammo, fikrning mazmunini nima fikrlanayotganini
ko„rsatmasdan yoritish mumkin bo„lmaganidek,
borliq kategoriyasining
mazmunini borliqqa nima ega ekanligini ko„rsatmasdan yoritish mumkin emas.
Fikr hamisha nima haqdadir fikr bo„lganidek, borliq har doim nimaningdir
borlig„idir. «Sof borliq» ham xuddi «sof yo„qlik» kabi mazmunsizdir (bunda Gegel
haq). «Sof borliq» tushunchasi quruq mavhumlikdan boshqa narsa emas.
Dostları ilə paylaş: