boshladi. Mutlaq issiqlik muvozanatining yuzaga kelishi Olamning issiqlikdan
o„lishini anglatadi.
Bu qoidalarning mohiyati harakat shakllarining sifat rang-barangligi yo„q
bo„lishiga yo„l qo„yib bo„lmasligini, yani energiyaning rang-barang turlari issiqlik
energiyasiga aylanishi mumkin emasligini ko„rsatishdan iborat edi. Aslida
Olamning issiqlikdan o„lishi konsepsiyasi tabiiy ilmiy nuqtai nazardan ham asossiz
edi. Termodinamikaning ikkinchi asosini butun Olamga nisbatan tatbiq etish
imkoniyati uning tuzilishini erkin faraz qilishni, xususan,
uni berk deb tasavvur
qilishni nazarda tutadi. Lekin Olam berk tizim emas, u zarralar va elementlarning
Cheksiz miqdoridan tashkil topgan, shu bois mutlaq termodinamik muvozanat
holati unga mos kelmaydi.
Energiya turlarining hozirgi tipologiyasi yo moddiy tashuvchilar – mexanik,
issiqlik, kimyoviy tashuvchilarni hisobga olgan holda, yo ularning o„zaro tasirlari
turi – elektromagnit yoki gravitatsion o„zaro tasirga ko„ra tuziladi. Mexanik
energiya kinetik (harakatlanuvchi jismlar tezligiga bog„liq) va potensial (jismlar
holatiga bog„liq) energiyaga bo„linadi.
Termodinamikada erkin va bog„liq energiya
farqlanadi. Bazan tashqi va ichki energiya to„g„risida so„z yuritiladi. Tashqi
energiya deganda mexanik energiya, ichki energiya deganda esa to„liq
energiyaning butun qoldig„i tushuniladi.
Fandaruhiy energiya tushunchasi qo„llanilib, ruhiy energiya inson tanasining
barcha hujayra va azolariga singib, u erda muayyan tartib,
garmoniya yoki
disgarmoniya o„rnatadi, degan talimotga asoslanadi. Bunda inson toliqish his etib,
hattoki depressiya holatiga ham tushadi. Insonning ruhlanishi, hattoki, go„zalligi
ham ruhiy energiya bilan bog„lanadi. German Gesse «Sharqqa sayohat» asarida
agar odam ahamiyatsiz ishlar bilan uzoq vaqt shug„ullansa, bu uni qo„zg„atishi va
unga kuch berishini qayd etgan. Binobarin, ahamiyatsiz ishlar bilan
shug„ullanganda hayot energiyasi tiklanadi. Fanda bazilar buni relaksiyalash
qonuni deb nomlaganlar. Ammo ruhiy energiya sohasi hozirgacha fanda yaxshi
o„rganilmagan. Ruhiy energiya dunyo va hayotning barcha holatlaridan tasirlanadi
yoki tebranadi.
Ezoterika ananasida ruhiy energiyaning boshqa muhim xossasiga, xususan,
u makonda qatlam hosil qilishi, insonni qurshagan hamma narsalarga o„tirib,
cho„kindi hosil qilishiga etibor qaratiladi.
Inson nafaqat kosmik energiyani
to„plovchi, balki uning kuchli tarqatuvchisi hamdir. Shu bois ruhiy energiya
tashuvchisi – inson qanday bo„lsa, uning narsalari ham shunday bo„ladi. Ruhiy
energiya qatlamlarining saqlanish yoshi muammoli hisoblanadi. Uni asrlar ham,
masofa ham yo„q qila olmaydi, u ming yilliklar osha yashaydi.
Rivoyatlarga
qaraganda, atlantlar, misrliklar, xaldeylar ruhiy energiyaning mazkur xossasidan
foydalanishgan. Ular muayyan sifatli narsalarga ruhiy energiyani qavat-qavat qilib
to„plaganlar, bu energiya boshqalarga kerakli darajada tasir ko„rsatishi lozim
bo„lgan. Bunday narsalar terafimalar yoki dam solingan narsalar deb atalgan,
ularda energiya qatlamlari to„planishi jarayonida muayyan duo o„qilgan.
Bugungi kunda fikr va tasavvur energiyasini hech kim inkor etmasa kerak.
Aksincha, zamondoshimiz bu hodisani o„z hayot tajribasidan olingan misol bilan
tasdiqlashga harakat qiladi.
Shunga qaramay, «nozik daraja»dagi rang-barang
energiya hodisalarining amal qilish mexanizmlarini tushuntirishga urinishlar,
asosan, ezoterikaga oid adabiyotlarda uchraydi.
Ruh va materiya, hayot va o„lim, yaxshilik va yomonlik kabi mutlaqo
qarama-qarshi
sohalar
(oliy
ziddiyatlar)ga
duch
kelinganida,
ularni
neytrallashtirish, yani uchinchi bog„lovchi narsani yaratish imkoniyati nazarda
tutiladi. SHu tariqa «energiya» tushunchasi qadimgi germetizm talimotida ruh –
materiya ziddiyatida o„rtadagi bog„lovchi sifatida namoyon bo„ladi.
Shu asosda
butun oraliqdagi narsalar astral, birinchi va uchinchisi esa mental va fizik deb
ataladi.
Shunday qilib, germetizm talimotiga ko„ra, energiyani o„rganish astrallik
holatini o„rganish va bilish demakdir.
Manaviy rivojlanish ichki manaviyat, inson manaviyatini bilish, anglash va
namoyon etishni anglatadi. Ruhiy energiyani sinovchi sabr-toqatli va ezgu niyatli
bo„lishi kerak. U shikoyat qilishi va tushkunlikka tushishi mumkin emas.
Ezoterika namoyandalari ruhiy energiya o„ta nozik bo„lgani uchun u bilan
o„ta nozik darajada muomala qilish lozimligini takidlaydi. Oliy energiya bilan
muomala qilish ancha jiddiy muammodir. Ruhiy energiya kuchi olov qudrati bilan
barobar ekanligini unutmaslik kerak.
Birinchidan, bunday qudratli energiyani
asrash lozim. Ikkinchidan, o„z tafakkurini nafaqat harakatga keltirish, balki
harakatdan tiyish uchun ham boshqara olish zarur. Uchinchidan, oqilona sarflangan
ruhiy energiya o„rni darhol to„ldirilishini etiborga olish lozim.
Dostları ilə paylaş: