ostidalik, hozirlik, hayot va barqarorlikni farqlaydi. Bu usullarning barchasi bir-
biridan shu darajada farq qiladiki, «borliq» tushunchasining yagonaligini shubha
ostida qoldiradi. Bu erda mavjudlik to„g„risidagi masala Xaydegger qarshisida eng
muhim masalalardan biri sifatida ko„ndalang bo„ladi.
Mavjudlik tushunchasining tahlili uning «hozirlik», «dunyo» va «qo„l
ostidalik» tushunchalari vositasida ifodalanuvchi
fenomenlar bilan ontologik
o„zaro aloqasini qayd etishdan boshlanadi. Bunda mavjudlikni borliq turlaridan biri
sifatida tushunish mumkin emasligi, mavjudlik muammosini, «uning shartlari va
chegarasini» atroflicha o„rganish zarurligi takidlanadi. Faylasuflar hatto mavjudlik
to„g„risidagi masalani qo„yish usulida ham aniq bir to„xtamga kelganlari yo„q. Bu
xususda Xaydegger «ongga nisbatan transsendent» bo„lgan narsa mavjudmi, tashqi
dunyoning mavjudligini isbotlash mumkinmi, mavjudlikni anglab etish mumkinmi
qabilidagi
masalalarni va nihoyat, mavjudlikning mazmuni to„g„risidagi masalani
aralashtirish odat tusini olganini takidlaydi.
Yuqorida zikr etilgan har xil, lekin o„zaro bog„langan masalalar
xaydeggercha talqinida mavjudlik muammosi uch qismga ajratiladi: a) borliq
hamda «tashqi dunyo»ni isbot qilish mumkinligi muammosi sifatidagi mavjudlik;
b) ontologik muammo sifatidagi mavjudlik; v) mavjudlik va tavajjuh.
Birinchi
muammoni tahlil qilar ekan, Xaydegger tashqi dunyoning
mavjudligi yoki uni isbotlash to„g„risidagi masala bir vaqtning o„zida manosiz va
ikki manoli ekanligini qayd etadi. Masalaning manosizligi shu bilan izohlanadiki,
mazkur masala dunyoda borliq sifatida mavjudlik bilan qo„yilgan. Masalaning ikki
manoliligi, Xaydegger fikriga ko„ra, bir-biridan farq qiladigan ikki narsa:
nimadadir borliq sifatidagi dunyo va ichki mavjudlik sifatidagi «dunyo»ning
aralashuvi tufayli kelib chiqadi. Tashqi dunyoning mavjudligi to„g„risidagi masala
bu erda dunyo fenomeniga oydinlik kiritmasdan qo„yiladi. Buning oqibatida
amalda isbotlanayotgan narsa yoki hodisaning isbotlash usuli va isbotlashning elon
qilinayotgan maqsadi bilan aralashuvi yuz beradi.
Shunday qilib, Kant falsafadagi janjal deb nomlagan masala – tashqi dunyo
mavjudligining dalil-isbotlari yo„qligi Xaydeggerga muammoni noto„g„ri qo„yish
bo„lib tuyuladi. U bunday isbotlashni amalga oshirishni ko„zlagan shaxslarning shu
erda hozirligining o„ziniyoq mavjudlikning isboti deb hisoblaydi. Xaydegger
fikriga ko„ra, hatto dunyoning mavjudligiga ishonish lozimligini takidlovchilar
ham, adashadilar, zero ular bunday dalil-isbotlar idealda mavjud bo„lishi
lozimligini tasdiqlaydilar.
Dostları ilə paylaş: