4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Borliq shakllari.
Borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan 
notirik tabiat o„rin oladigan o„ziga xos piramida hosil bo„ladi. B
orliqning shakllari 
notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq, inson borlig„i va virtual borliq,energik 
borliq kabilardir
. Borliqning bu umumiy shakllari o„ziga xos xususiyatga, o„zining 
betakror mohiyatiga egadir. Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab 
mufassalroq ko„rib chiqamiz, zero u hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan jonli va 
ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi.
Tabiat borlig„i
birlamchi (yani inson va uning faoliyatidan qati nazar 
mavjud bo„lgan narsalar va jarayonlar borlig„i) va ikkilamchi (yoki odamlar 
tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig„i) tabiat borlig„iga bo„linadi

Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig„i – butun tabiiy 
va suniy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (
yulduzlar, 
sayyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko„zgudagi aks 
va sh.k.)
dir. Birlamchi tabiat borlig„i ikki darajani o„z ichiga oladi. Birlamchi 
daraja jonli ruhsiz jismlardan, yani ko„payish qobiliyatiga ega bo„lgan, atrof muhit 
bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega 
bo„lmagan barcha narsalar, yani sayyoramiz hayvonot va o„simliklar dunyosini o„z 
4
Новая эра приглашает // Свет. 1977. №1. – 3-б.


ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – bu inson ongining 
borlig„i bo„lib, bu odamzod yaratgan yoki o„zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va 
vaqtda Cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson tomonidan yaratilgan 
tabiat birinchi tabiatga bog„liq. Bir tomondan, ikkilamchi tabiatda birlamchi tabiat 
materiali, boshqacha aytganda obektiv birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa 
tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o„z 
ifodasini topgan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa 
vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, marifatli borliq, moddiy va manaviy 
madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
Inson borlig„i uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va 
alohida inson borlig„ini farqlash o„rinli bo„ladi. 
Inson tabiatning bir qismi 
hisoblanadi va shu manoda uning qonunlariga bo„ysunadi. Tananing mavjudligi 
inson o„limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo„qlik dialektikasi 
bilan bog„lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok 
bo„lish holatlaridan o„tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda 
va energiyaning saqlanish qonunlari o„z tasirini ko„rsatadi, yani uning tarkibiy 
qismlari tabiatning boshqa holatlariga o„tadi. Inson tanasi mavjud bo„lishi uchun 
uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan 
saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini taminlash zarur. 
Bundan hayotni saqlash, insonning o„z-o„zini saqlashi va insoniyatning 
yashovchanligini taminlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari
kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo„lish ehtiyojida o„z ifodasini 
topadi; 
Manaviy borliq
subektiv individuallashgan va obektiv (noindividual) 
manaviy borliq sifatida mavjud
. Individuallashgan manaviy borliq - bu insonning 
ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko„ra, 
ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor manoda esa u tafakkurdir. Ong – 
inson bosh miyasining dunyo borlig„ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va 
tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, 
shuningdek g„oyalar, e‟tiqodlar, qadriyatlar, mo„ljallar, andozalarning ko„rinmas 
jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo„lmagan orqaga 
qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir 
vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va 
iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning o„z-o„zini anglashi, yani o„z tanasi, fikrlari va 
tuyg„ularini, o„zining boshqa odamlarga bo„lgan munosabatini va o„zining 
jamiyatdagi o„rnini anglab etishi, yani o„zini o„zi bilishdir. O„zlikni anglash – bu 
ongimizning o„ziga xos asosidir.
Individual ong o„zining o„limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning 
ayrim qismlari noindividual manaviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek 
boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari 
moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo„ljallari, maqsadlari, 


g„oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual manaviy borliqning o„ziga xos 
xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy 
makon va vaqtda erkin harakatlanadi; 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin