Birinchi bosqich
antik falsafa
davrini qamrab oladi
.
Falsafa tarixida
materiya haqidagi dastlabki tasavvurlar «stixiyali materializm»deb ataladi.
Ushbu
materializm o„z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining Cheksiz
rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning
sabablarini muayyan moddiy, o„ziga xos narsadan izlaydi.
Antik qarashlarga
ko„ra materiya – jismlar va narsalarning o„zagini belgilovchi birlamchi
materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o„simliklar, hayvonlar va
odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha narsalarning asosi deb elon qilgan.
Geraklit Quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olov hamma narsaning
asosi deb hisoblagan.
Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr o„zining materiya haqidagi
fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya yoki birinchi
modda sezish mumkin bo„lgan konkret jism emas, balki ayrim nomuayyan
o„zgaruvchi mohiyatga ega bo„lgan apeyrondir. Atomistlarda materiya
tabaqalashgan substrakt ko„rinishini kasb etadi.
Materiyaning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda
qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.
Demokrit
barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat, degan
g„oyani ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan to„qnashib, bir-
biriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz ko„radigan narsalarni hosil qilgan.
Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil etuvchi atomlar shakli,
kattaligi, o„zaro joylashuvi va harakatiga bog„liq. Bu barcha narsalarni tavsiflash
va tushuntirishga asos qilib yagona umumiy sxemani – bilish obektining har
qanday obektni atomlar birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish imkonini
beradi. Shunday qilib, antik faylasuflar nuqtai nazaridan, materiya – bu barcha
narsalar asosi. Odatda bular qadimgi donishmandlarning farazlari bo„lgan va
ularning materializmi o„ta sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar
borliqni kuzatish natijasi, tabiatni eksperimental o„rganish mavjud emasligi
mahsuli bo„lgan.
Dostları ilə paylaş: