Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi Yangi davr (XVI-XVII asrlar) falsafasida materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o„zgarmas xossalar yig„indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday
xossalar qatoriga ko„lamlilik, shakl, og„irlik va hokazolarni kiritgan. Bazan
materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko„lamlilik yoki
massa bilan ayniylashtirilgan (
R.Dekart, I.Nyuton ).
YAngi davrning mexanistik materializmida materiya tarifi zamirida
«material» tushunchasi emas, balki barcha moddiy narsalar uchun umumiy bo„lgan
asosiy va o„zgarmas xossalar tushunchasi yotadi. Bu davr faylasuflari antik davrda
amal qilgan metodologik qoidani yangi bosqichga ko„tardilar. Ular materiyaga
birinchi modda sifatida emas, balki birinchi belgi sifatida yondashdilar. Qadimgi
faylasuflardan farqli o„laroq, ular suv, olov yoki havoni butun borliqning birinchi
asosi va birinchi sababi deb elon qilganlari yo„q. Barcha fanlar tajriba asosida
rivojlangan ushbu davrda hamma narsa zamirida ayrim mexanik xossalar:
ko„lamga egalik, o„zidan hech narsani o„tkazmaslik, og„irlik, shakldorlik yotadi,
degan qarash shakllandi.
Materiyani tavsiflashga nisbatan mazkur yondashuv XIX asr oxirigacha
dunyoning ilmiy manzarasiga zid bo„lmagan. Buning negizida materializmning
shakli metafizik yoki mexanistik degan nom olgan, chunki u fizikaning nazariy
malumotlariga
asoslanibgina
qolmasdan,
balki
ilmiy
izlanishlarning
dunyoqarashga doir metodologik asosi sifatida amal qilgan.
Xullas, materiyaning antik va mexanistik talqiniga xos bo„lgan bir qancha
umumiy jihatlarni qayd etish mumkin. Birinchidan – materiya birinchi modda yoki
birinchi belgini topish yo„li bilan aniqlanadi.
Ikkinchidan – materiyani aniqlash zamirida obektivlik mezoni, yani bizdan
tashqarida va bizga bog„liq bo„lmagan holdagi mavjudlik qobiliyati yotadi.
Uchinchidan – materiya o„zgarmas bo„lib, o„z navbatida, o„zgaruvchi
sifatidagi ayrim narsalarga qarshilik ko„rsatadi. To„rtinchidan – «materiya»
tushunchasini tariflashda yakkalik va xususiylik haqidagi metodologik qoidaga
amal qilinadi.