4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Материя ҳақидаги илк тасаввурлар
Сув 
Ҳаво 
Олов 
Сув, Ҳаво, Олов, Ер 
Анаксимен 
Фалес 
Гераклит 
Эмпидокл 
Материя 


Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha 
narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yig„indisi ko„rinishida namoyon 
bo„ladi. Ular shakli, katta-kichikligi, og„irligiga ko„ra har xil, lekin bo„linmas va 
yo„q bo„lmasdir. Obektlarning rang-barangligi atomlar konfiguratsiyasining 
turliligi bilan izohlanadi.
Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U 
hyle
atamasini 
muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo 
bo„lishiga asos bo„lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni 
ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo„lib, har qanday 
geometrik shakl ko„rinishini kasb etishi mumkin bo„lgan makon bilan 
tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan 
xossalari (massa, energiya, ko„lam) bilan bog„langan va muayyan turlari (modda, 
atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan tenglashtirilgan. 
Platonning «Timey» dialogi mazmunidan kelib chiquvchi materiya haqidagi 
talimot qadimgi yunon falsafasida alohida o„rin tutadi. Birinchidan, Platon 
«materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus atama qo„llamagan, bu borada 
tushunish ancha mushkul bo„lgan «tur» ekani haqidagi ishoradan boshqa aniqroq 
tushuntirishlar ham bermagan. Ikkinchidan, u har qanday tug„ilishning «doya»si va 
«enaga»si bo„lish materiyaning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir 
manoda bu asos, lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni o„z ichiga olishi lozim 
bo„lgan asos o„zi har qanday shakldan mahrum bo„lishi lozim bo„lganidek, uning 
vazifasi abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini o„zida 
aniq va to„liq mujassamlashtirishdan iborat bo„lganligi uchun tabiatan har qanday 
shakldan mahrum bo„lmog„i kerak. 
Platonning materiya –haqidagi mashhur talimoti o„zining borliqqa 
asoslangan mustahkam negizini yo„qotgan. Uningcha, materiya –tushunchasi aql 
(demiurg) – birlamchi, sof materiya (etilish joyi va «doya») - ikkilamchi sof 
materiya (moddiy narsalar) uchligida oraliq o„rin egallaydi
7
. Platon doimo mavjud 
bo„lgan va hech qachon shakllanmaydigan narsalarni va doimo shakllanuvchi va 
hech qachon mavjud bo„lmaydigan narsalarni farqlashga chaqiradi. Uning fikricha, 
narsalarning ular ichida tug„iluvchi va o„lganidan keyin unga qaytuvchi mohiyatini 
«u» yoki «bu» so„z bilan ifodalash, shu tariqa ularga barqarorlik hamda 
muayyanlik baxsh etish mumkin
8

Platon fikriga ko„ra, borliqning moddiy narsalar dunyosi sifatida shakllanish 
mexanizmi shundan iboratki, g„oyaning juda aniq tariflangan birinchi andozasi 
7
Платон // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С. 204 
8
Платон // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001. – С. 204 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin