moddiy borliqdan o„rin oladi va materiyaga g„oyalar
etiladigan joy, ularning
«doya»si va vazifasi bo„lish majburiyatini yuklaydi. Dunyodagi barcha
jarayonlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur g„oya
va narsalarning
o„zaro bog„lovchi aloqasi bilan asoslanadi. G„oya narsalarning Cheksiz hissiy
ko„rinishlarining asosiy manosini belgilovchi asos sifatida va har qanday yakka
narsa uchun qonun sifatida tushuniladi.
Platonning muhim, lekin ayni paytda ikkinchi darajali rol o„ynovchi materiya
haqidagi talimoti Aristotelning shu mavzudagi fikr-mulohazalariga
bevosita turtki
bo„lgan. Aristotelda «hyule» tushunchasi «morfe» yoki «eydos» («morphe» yoki
«eydos») tushunchasi bilan uzviy bog„liq. Garchi Aristotelning ontologik
konsepsiyasida materiya va shaklning dualizmi aniq-ravshan sezilib tursa-da, u
hech qachon «hyule»ni mustaqil borliq sifatida tavsiflamagan.
Uning fikricha,
amalda materiya faqat shakl bilan birikkan ko„rinishda mavjud bo„ladi. Materiya
«hyule» va «morfe» (shakl) bilan uyg„unlikda har qanday yuzaga kelish va
o„zgarishning zarur universal negizi hisoblanadi.
Aristotelning materiya haqidagi tasavvuri o„rta
asr falsafasiga ancha
o„zgargan ko„rinishda o„tdi. O„rta asr teologlari Aristotelning ilmiy merosidan
foydalanib, uning «morfe» (shakl) haqidagi g„oyasini o„zlashtirdilar. Ushbu g„oya
boshqa qarashlardan ustun qo„yildi, u manaviy asos sifatida qarala boshlandi.
Mazkur talqin materiyasiz sof shakllar, chunonchi: xudolar, ruhlar,
farishtalar,
odamlarning o„lmas ruhlari mavjudligini elon qilish imkonini berdi. Materiya
doimiy, u dunyo yaralgunga qadar ham mavjud bo„lgan, degan g„oyani ilgari
suruvchi «dahriylar» haqida malumotlar «cherkov rahnamolari» o„rtasidagi
munozaralar orqali bizgacha etib kelgan bo„lsa-da,
dunyoning moddiyligini
o„rganish bilan bog„liq muammolar bu davrda ham to„la-to„kis barham topmadi.
Materiyaning tabiati haqidagi masalada ular bir to„xtamga kelmagan bo„lsalar-da,
uni echish fanning rivojlanishida muhim rol o„ynashiga, zero bilish qaysi yo„ldan
rivojlanishi lozimligini belgilashiga ularning ishonchi komil bo„lgan. Ular avval
barcha narsalarning asosi sanalgan materiyaning nimaligini aniqlash va shundan
keyingina bunga asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini
tushuntirish lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel shunday deb
yozgan: «Avvalo birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va ularga
muvofiq qolgan barcha narsalar anglab etiladi...»
9
.
Uyg„onish davri faylasuflari izchil materialistlar bo„lmasalar-da, o„rta
asrlarning
quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik bilan
inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl g„oyasi chetga surib qo„yildi,
materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud bo„lgan
narsa sifatida
tushunila boshlandi. Shunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi eksperimentlar
amaliyoti tasirida
shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv yuzaga keldi.
Uyg„onish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya, Jordano Bruno kabi
faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha mazmun kasb etdi.
9
Аристотель В 4-х т.Т.1. -М.: 1975. -С.68.
Materiyaning yaralishi g„oyasi inkor etildi, materiya boqiy deb elon qilindi, harakat
tabiiy kuchlar tasiri natijasi sifatida tushunila boshlandi.
Dostları ilə paylaş: