Yuqorida materiyaning substrat konsepsiyalarida bilish obektining modeli muhim
rol o„ynashi ko„rsatib o„tildi. Bu jihatdan materiyaning falsafiy konsepsiyalari
ilmiy nazariyalar bilan o„xshash. Zero bu nazariyalarni ishlab chiqish doim ular
o„rganuvchi narsalar va jarayonlarning nazariy modellarini yaratish bilan bog„liq.
Ammo fanda model obektlarning muayyan turkumini bilish vositasi bo„lib xizmat
qilsa, ontologiyada har qanday obektlarni bilish vositasi bo„lishga qodir bo„lgan
«umuman bilish obekti»ning modeli tuziladi.
Materiyaning dialektik konsepsiyasi
XIX-XX asrlar chegarasida shaklandi.
Materiyani dialektik tushunish uni bilishga nisbatan falsafiy va ilmiy
yondashuvlarning birikuvi natijasida vujudga keldi
. Zero, bir qator yirik olimlar
(Gelmgols, Darvin, Mendeleev, Plank, Eynshteyn, Bor va boshqalar)ning
asarlarida materiyaning dialektik talqinini rivojlantirish bilan bog„liq bo„lgan
g„oyalar ilgari surildi.
Materiyaga substrat sifatida yondashishga asoslangan konsepsiyalarning
barchasi bir umumiy kamchilikka ega: u mazkur konsepsiyalarning tarixiy
cheklanganligini belgilaydi va ilmiy bilishning rivojlanishi natijalari bilan ularning
nomuvofiqligini muqarrar qilib qo„yadi.
Gap shundaki, ularda materiya uning bir (yoki bir nechta) turi – suv, atomlar
va hokazolar bilan bog„lanadi, materiyaning bu turi dunyoda mavjud bo„lgan
barcha
narsalarning birlamchi, universal, mutlaq asosi deb elon qilinadi. Fan
mazkur materiya turining mavjudligi bilan belgilangan hodisalarni o„rganish bilan
mashg„ul ekan, ko„rsatilgan kamchilik sezilmaydi va uning rivojlanishiga jiddiy
moneliklar tug„dirmaydi. Ammo materiyaning yangi turlari, shakllari va
holatlarining kashf etilishi darhol bu turga narsalarning birdan-bir, umumiy va
universal asosi sifatida qaraydigan substrat konsepsiyasining
torligini namoyon
etadi. Shunda uni yangi, kengroq konsepsiya bilan almashtirish zaruriyati tug„iladi.
Materiyaning har qanday substrat konsepsiyasi o„z qo„llanish chegarasiga ega va
fanning rivojlanish jarayonida u ertami-kechmi aniqlanadi.
Fan taraqqiyoti materiyaning substrat konsepsiyasi asossiz ekanligini
namoyish etib, falsafaga dialektikadan saboq berdi. Bu saboq ilmiy bilishning
rivojlanish mantig„iga mos keluvchi ontologik konsepsiyani yaratish uchun izchil
dialektik fikrlash zarurligini yana bir karra tasdiqladi. Substrat konsepsiyalari
dialektik xususiyatga ega emas. Ular narsalarda qanday o„zgarish yuz bermasin,
ularning substrati o„zgarishsiz qolishini nazarda tutadi.
Materiyani dialektik tushunish
uning bitmas-tuganmasligi, yani materiya
turlari, shakllari, holatlarining Cheksiz rang-barangligi mavjud ekanligi haqidagi
g„oyaga olib keladi.
XIX-XX asrlar chegarasida atomlarning parchalanishini o„rganish
materiyaning ilgari malum bo„lmagan turi – elementar zarralar kashf etilishiga
olib keldi. SHunday qilib, atomlar parchalanganda materiya yo„q bo„lmasligi,
balki faqat bir shakldan boshqa shaklga o„tishi aniqlandi.
Hozirgi zamon fizikasida ham moddiy obektlarning yangi turlari
aniqlanmoqda. Fiziklar mikrodunyoni o„rganish jarayonida fizik bo„shliq,
virtual
zarralar, kvarklar kabi g„ayrioddiy obektlarga duch kelmoqdalar. Megadunyo
(ulkan kosmik miqyosdagi dunyo) sari harakatlanib, ular bu erda protoyulduzlar,
kvazarlar, «qora» va «oq» tuynuklarni kashf etmoqdalar.
Fikrlashning dialektik metodi fanning rivojlanish tajribasiga tayanadi va shu
bilan bir vaqtda bu tajriba uni yanada rivojlantirishga tatbiq etadi.
Shunday qilib, materiyaning dialektik talqini uni materiyaning biron-bir turi
bilan bog„lashdan xoli. U materiya, uning shakllari va holatlarining Cheksiz
darajada rang-barangligini nazarda tutadi va ularning barchasi o„zgaruvchan va
o„tkinchi ekanligini qayd etadi.
Dostları ilə paylaş: