4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili


Materiya kategoriyasining funksiyalari qo‘yidagilar



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Materiya kategoriyasining funksiyalari qo‘yidagilar: 

ongga, manaviy kuchlarga bog„liq bo„lmagan obektiv 
borliqning mavjudligi haqidagi fikrni ifodalaydi; 

barcha narsalarda mavjud bo„lgan umumiy xossalarni 
tavsiflaydi; 

barcha narsalarni bilishga eltuvchi yo„lni, ularni bilishda 
amal qilish lozim bo„lgan umumiy dastur yoki strategiyani umumiy 
ko„rinishda belgilaydi.
Bu funksiyalarni materiya kategoriyasi falsafaning keyingi rivojlanishi 
jarayonida saqlab qoldi.
Materiyaning tashkil topish darajalari
. Materiyaning jonsiz, jonli va 
ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari bilan 
mos keladi. Bunda turli darajalar bir-biri bilan uzviy bog„liqdir. Ayni vaqtda 
ularning tarkibida muayyan ierarxiya va soddaroq shakllardan (jonsiz materiyadan) 
murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki, 
bugungi kunda ularning mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan o„zining ilmiy 
tasdig„ini topgan. Jonsiz tabiatning tuzilishi va rang-barangligi haqidagi 
tasavvurlar esa, mikro-, makro- va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib 
va teranlashib bormoqda.
Jonsiz materiya tizimi quyidagi darajalar bilan tavsiflanadi: 
a) 
mikrodunyo
(mikroelementlar darajasi). Unga maydonlar va elementar 
zarralarning o„zaro tasiri xos. Bu juda kichkina obektlar dunyosi. Mazkur 
zarralarning mavjudlik vaqti sekundning milliardlab ulushlari bilan o„lchanadi, 
harakat tezligi esa Yorug„lik tezligiga yaqinlashadi
b) 
makrodunyo
katta obektlar dunyosi. Bu diapazon bilan atomlar, 
molekulalar, makrojismlar, sayyoralar va yulduzlar, sayyoralar tizimlari qamrab 
olinadi. Tabiatning mazkur sohasini o„rganishning asosiy obektlari – yulduzlararo 
bo„shliq, galaktika, metagalaktikalar.


v)
m
egadunyo
jonli materiya tizimi hozircha faqat Erda malum. Aksariyat 
materialist-tadqiqotchilar fikriga ko„ra, uning vujudga kelishi materiyaning tabiiy 
va qonuniy o„z-o„zidan rivojlanishi mahsulidir. Jonli materiya darajasiga o„z-
o„zidan uyushish, rivojlanish, inikosning murakkab shakllarini kasb etish, o„zini 
o„zi boshqarish va ko„payish qobiliyatiga ega bo„lgan barcha tirik mavjudotlar 
kiradi. Jonli materiyada hujayrasiz daraja (DNK, RNK kislotalari va oqsillar)ni, 
hujayrali va ko„p hujayrali organizmlar – o„simliklar, hayvonlarni farqlash 
mumkin. Yuksak darajada uyushgan strukturalar, bir-biri bilan nasl orqali 
bog„langan populyasiyalar alohida darajalarni tashkil etadi. Biologik turlar, 
populyasiyalar va atrof muhitning o„zaro tasiri biogeotsenozni yaratadi
biogeotsenozlarning o„zaro tasiri natijasida esa hayotning global tizimi – biosfera 
vujudga keladi. Biosfera tizimida litosfera, gidrosfera va atmosfera o„zaro tasirga 
kirishadi, atmosfera orqali Yer bilan kosmos o„rtasida almashinuv sodir 
bo„ladiJonli materiya tizimining ko„rsatilgan barcha elementlari o„rtasida 
muvozanatni saqlash sayyoramizda hayotni saqlashning zaruriy shartidir.
Biosfera rivojlanishining muayyan bosqichida moddiy tizimning alohida turi 
– ijtimoiy uyushgan materiya yoki jamiyat vujudga keldi. Bu hayot 
rivojlanishining oliy shakli, fikrlovchi va borliqni ongli ravishda o„zgartiruvchi 
shaxslar va turli darajadagi birlashmalarning majmuidir. O„z navbatida jamiyat bir-
biri bilan kesishuvchi turli tizimlar, chunonchi: inson, ijtimoiy tuzilmalar (oila, 
turli guruhlar, birlashmalar, partiyalar, millatlar, davlatlar)ni, inson tomonidan 
yaratilgan, mehnat quroli va texnikani o„z ichiga oluvchi moddiy madaniyatni 
qamrab oladi.
Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul. Uni fan 
doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning 
yangi va yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. 
Materiyaning tarkibiy darajalari 
to„g„risida so„z yuritilganida, subelementar, mikroelementar, yadroviy, atom, 
molekulyar, makroskopik va kosmik darajalar ham tilga olinadi. Materiyaning 
mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm uzunlikda taxminan 10-22 ga 
teng vaqt ichida yuz beruvchi jarayonlarni o„rganish bilan shug„ullanadi. 
Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010 ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida 
yuz beruvchi jarayonlarni o„rganadi.
Materiyaning tarkibiy darajalari g„oyasi 
metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni bilish mumkinligi 
g„oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.
Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi 
zamirida chiziqli ierarxiya tamoyili yotadi. Bu erda «qism butundan kichkina» 
tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq, ikkinchisi 
murakkabroq, degan manoni anglatmaydi. Dunyolar qism va butun sifatida 
taqqoslanmaydi, ular universumning o„ziga xos teran o„zgarishlarini ifodalaydi. 
Shu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas.
Materiyaning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy o„rinni 
egallaydi. Qadimdayoq Protagor «Inson hamma narsalarning o„lchovidir», degan 


edi. Dunyoni o„zlashtirishda inson qadriyatlari shkalasini andoza sifatida qabul 
qiluvchi falsafiy talimot – «Antropologizm» zamirida ana shu tezis yotadi. 
Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari odamlar yashovchi 
muhitning tabiiy shart-sharoitlarini, yani bizning dunyoviy qonuniyatlarimizni 
hisobga olgan holda o„zlashtiriladi. Lekin bu bizdan ancha olisdagi darajalarda 
materiyaning mavjud shakllari va holatlaridan butunlay farq qiluvchi, mutlaqo 
boshqacha xossalar bilan tavsiflanuvchi «g„ayritabiiy» shakl hamda holatlari 
mavjud bo„lishi mumkin, degan taxminni istisno etmaydi. Shu munosabat bilan 
olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin