o„zgargan, maydonning egriligi to„g„rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga ko„ra,
kengayish o„rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. Shu
asosda harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo„lib, unga ko„ra taxminan
har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan boshlanadi.
Aqlga
sig„maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion
maydonda singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko„plab
metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik ko„rsatkichlarning
turli ifodalariga,
chunonchi, alohida topologiyali (o„lchovlar miqdori har xil
bo„lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yopiq) makoni va o„z kosmologik vaqtiga
ega bo„lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Hozirgi «ko„p sonli dunyolar» konsepsiyalarida
olamning ajabtovur
manzarasi chiziladi. Bu fundamental falsafani moddiy dunyoning makon va
vaqtdagi Cheksiz ligini metrik Cheksiz lik manosida emas,
balki materiyaning
makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim,
degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir.
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi,
degan savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda
nurlanish manbai
uzoqlashib borayotganini, yani galaktikalar taxminan o„zigacha
bo„lgan masofaga proporsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi
umumiy etirof etilgan fakt hisoblanadi.
1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan
tashqaridagi tumanliklar nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi
tomonga siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi.
1929 yilda Edvin Xabbl tumanlik
kuzatuvchidan qancha uzoqda bo„lsa, «qizil siljish»
kattaligi ham, uning
tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo„ladi, degan qonunni va katta
masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga etishini aniqladi.
SHunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda,
uning torayishini
yoki makonda cheklangan, lekin vaqtda Cheksiz olam navbatma-navbat dam
kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam
modelini ham taxmin qilish
uchun nazariy imkoniyat mavjud.
Dostları ilə paylaş: