Harakat tiplari.
Fanda obektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining
ikki asosiy tipi farqlanadi.
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo„nalishga egalik ham
xos bo„lgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi.
Bunda narsa yoki hodisa
strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz
berishi mumkin bo„lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi.
Agar
harakat teskari yo„nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha
rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo„lsa, bu
holda regress to„g„risida so„z yuritish odat tusini olgan.
Ammo progress va
regressning ko„rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini etiborga
olish lozim. Xususan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va
byurokratiyaning o„sishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq
va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar
yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo„lmaydi va ko„proq buning aksidan
dalolat beradi.
Jonsiz tabiatda
rivojlanish
ga yulduzlarda sodir berayotgan evolyusiya
jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning o„sishi; jamiyatda – fan, texnika,
sanoat ishlab chiqarishining o„sishi, ijtimoiy munosabatlarning o„zgarishi va shu
kabilar misol bo„lib xizmat qilishi mumkin
. «Rivojlanish» tushunchasi nafaqat
moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan,
umuman ongning yoki ayrim fikr, g„oya, nazariyaning rivojlanishi to„g„risida so„z
yuritilgan holda, qo„llanilishi mumkin
. Fikrning rivojlanishi uning «pishib
etilishi»ni, yani murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq mano kasb etishi
va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni takidlash lozimki, narsalar va
hodisalarning obektiv dunyosidan farqli o„laroq, subektiv konstruksiyalar
(tafakkur, g„oyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan ko„lam
ko„rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ideal narsalar va hodisalar
darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi,
vaqtda
kechadi.
O„z-o„zidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan
tarkibiy qismi – tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan
materiyaga mansub ayrim narsa yoki obektga nisbatan o„z-o„zidan harakat, o„z-
o„zidan rivojlanish holati xos deb aytish o„rinli emas. Chunki, ushbu obektni
muayyan element sifatida o„z ichiga olgan tabiat o„z-o„zidan rivojlanuvchi yaxlit
tizim hisoblanadi.
Harakatlanish shu joyda bo„lishni va ayni vaqtda, unda bo„lmaslikni
anglatadi; bu makon va vaqtning uzluksizligidir, aynan u harakatni yuzaga
keltiradi. Harakatning uzluksizligi uning umumiyligini namoyon etadi, uzluksizlik
uning alohida jihatini ko„rsatadi. Harakatdagi umumiylik uning mohiyatini aks
ettiradi, binobarin, harakatni tushunish va tariflash, uning mohiyatini anglab etish
uchun harakatning uzluksizligini tushunmoq darkor.
Vaqtinchalik barqarorlik va muvozanat holati sifatida tushuniluvchi nisbiy
harakatsizlik materiyaning har qanday muayyan holatiga xos. U materiyaning
sifatini namoyon etadi. Nisbiy tinchlik tufayli narsalarning chegaralari mavjud
bo„ladi, dunyo sifat va miqdor o„zgarishlarining rang-barangligi sifatida namoyon
bo„ladi. Materiya harakati Shuning uchun ham mutlaqki, u sirtdan hech narsaga
bog„liq emas. SHu manoda «Dunyoda abadiy harakatdagi materiyadan boshqa
hech narsa yo„q» tarzidagi fikrlar o„rinli va asoslidir.
«
Materiya harakatining shakli» tushunchasi tabiat rivojlanishining muayyan
bosqichiga xos bo„lgan alohida qonuniyatlarni qayd etishga xizmat qiladi.
Harakat
shakli sifat jihatidan o„xshash moddiy obektlar o„zgarishlarining o„ziga xos
tiplarini va ularning o„zaro tasiri xususiyatlarini aks ettiradi
.
Bazan materiya
harakatining muayyan shakli o„zaro tasirga kirishayotgan elementlar o„rtasidagi
bog„lanishlarning o„ziga xos tizimi sifatida yoki muayyan qonunlarga bo„ysunish
belgisiga ko„ra birlashtirilgan o„zgarishlar guruhi sifatida tariflanadi.
Materiya harakatining shakllari bilan insoniyat o„z tarixi bo„sag„asidayoq
tanishgan, xususan qadimda ishqalanish kuchi yordamida o„t yoqish mexanik
harakatni issiqlikka aylantirgan. Bug„ mashinasining ixtiro qilinishi teskari
jarayondan – issiqlik energiyasi mexanik harakatga aylanishidan dalolat bergan.
Uzoq vaqt hukm surgan dunyoni idrok etishning mexanistik konsepsiyasi
doirasida materiya harakatining barcha shakllari bir-biridan miqdor jihatidangina
farq etishi taxmin qilingan.
Materiyaning harakat shakllarini tasniflash
tamoyillari:
- materiya harakatining har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan
bog„liq bo„lishi lozim;
- materiyaning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va o„zaro
bog„lanmaydi;
- tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi;
- materiyaning harakat shakllari murakkablik darajasiga ko„ra farq qiladi,
oliy shakl quyi shakllar sintezi sifatida tushuniladi. Bunda oliy shakllarning quyi
shakllardan uzoqlashishiga ham, oliy shakllarning quyi shakllarga mexanik
bog„lanishiga ham yo„l qo„ymaslik muhimdir;
- moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oliy va ikkinchi darajali, quyi
shakllar farqlanishi lozim;
- materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |