o„zidan oldingi boshqa barcha shakllarini o„zining sharti sifatida o„z ichiga oladi,
lekin ularning yig„indisi emas, balki harakatning butunlay yangi shakli hisoblanadi.
Harakat shakllari o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni to„g„ri tushunish
murakkab obektlar va jarayonlarni ilmiy bilish uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
Ko„rsatilgan munosabatlar materiya harakati turli shakllarining o„zaro tasiri bilan
tavsiflanadi. Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat
rivojlanishining teran aloqalarini endigina aniqlay
boshlagan XIX asrning
saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O„sha davrda hali ko„p narsa nomalum, ko„p
narsalarni aniqlash lozim edi.
Fan rivojlanishining hozirgi bosqichida harakat shakllarining yuqorida
keltirilgan tasnifi to„ldirish va aniqlik kiritishni talab qiladi. Kimyo, fizika,
biologiyaning rivojlanishi, kompleks fanlarning paydo bo„lishi
materiya harakati
shakllari rang-barangligining yagona talqini to„g„risida so„z yuritish imkonini
bermaydi. Shu sababli yangi tasniflar paydo bo„ladi. Masalan, informatsion-
kibernetik harakat, astronomik harakat,
galaktika doirasidagi harakat, galaktikalar
o„rtasidagi harakat tilga olinadi. Materiya harakati muammolarini yoritishda
falsafaning asosiy vazifalari shulardan iborat.
Harakatning shakllari bir-biri bilan uzviy bog„liq bo„lib, bunda har bir
keyingi harakat o„zidan oldingi
harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq,
shunga qaramay, quyi shakl bilan bog„lanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini
soddaroq shakllarga bunday bog„lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm»,
«reduksionizm» (lot.
Dostları ilə paylaş: