asosi sifatida etirof etadigan faylasuflarga qaraganda butunlay boshqacha
yondashadilar.
Birinchi holda
idealistlar
to„g„risida so„z yuritiladi.
Ularning qarshisida
butun dunyo ikki ko„rinishda namoyon bo„ladi: birinchisi –
ideal
(chin) dunyo,
ikkinchisi –
moddiy, ashyoviy
(o„tkinchi) dunyo. Bu erda dunyoning birligini
tasdiqlovchi nuqtai nazarlar ham, mazkur birlikni rad etuvchi nuqtai nazarlar ham
bo„lishi mumkin.
Bunday qarashlarga zid o„laroq, materiyani birdan-bir substansiya sifatida
etirof etuvchi
materialistik monizm
tarafdorlari dunyoning birligini uning o„zidan
kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladilar. Bunda ular dunyoga o„z borlig„ini
saqlash uchun hech kim va hech narsaga muhtoj bo„lmagan, borliqning butun rang-
barangligini o„zidan yaratuvchi deb qaraydilar. Ayni holda echishga to„g„ri
keladigan eng og„ir vazifa bugungi kunda (balki umuman) o„rganilgan mikrodunyo
va anglab etilgan Koinotning muttasil surilib borayotgan chegaralari ortiga nazar
tashlash imkoniyatiga ega bo„lmagan holda dunyoning Cheksiz ligi (yoki
chekliligi)ga shak-shubhasiz dalillar keltirishdan iboratdir.
Mazkur yondashuvning hech narsaga ishonmaydigan
tarafdorlari bu va
boshqa shunga o„xshash savollarga o„z javoblarida faqat oqilona asoslash va unga
muvofiq bo„lgan tajribani dalil sifatida tan oladilar va bunda umuminsoniy
amaliyotga va fanga tayanadilar.
Dunyoning moddiy jihatdan yagonaligini tabiatshunoslikning quyidagi
muhim malumotlari tasdiqlaydi:
a) energiyaning saqlanish va o„zgarish qonuni;
b) Mendeleevning davriy qonuni;
v) Darvinning evolyusiya haqidagi talimoti;
g) hujayra haqidagi talimot;
d) fizika (kvant mexanikasi, relyativistik fizika va sh.k.), biologiya (genetika
qonunlari, fotosintez hodisalari, inson fiziologiyasi haqidagi malumotlar va sh.k.),
kosmos haqidagi fan sohasida erishilgan hozirgi ilmiy yutuqlar.
Inson
organizmini, tabiat va jamiyatning o„zaro aloqalarini, ularning
rivojlanishini o„rganishga nisbatan yaxlit yondashuv ham dunyoning moddiy
jihatdan yagonaligini namoyon etadi.
Dunyo birligi haqidagi fan dalillari, xususan, sayyoralar dastlabki
«tumanlik»dan tabiiy kelib chiqqanini tushuntiruvchi Kant –
Laplas nazariyasi
Quyosh sistemasi kosmik jismlarining birligi to„g„risida so„z yuritishga asos
bo„ldi; energiyaning saqlanish va o„zgarish qonuni tabiatda amal qiluvchi barcha
kuchlar universal harakat namoyon bo„lishining turli shakllari ekanligini namoyish
etdi; jonli organizmlar hujayrali tuzilishga ega ekanligi haqidagi nazariya butun
tiriklikni strukturaviy birlashtirish imkonini beradi; D.I.Mendeleevning davriy
qonuni barcha kimyoviy
elementlarni birlashtirdi, CH.Darvinning hayvon va
o„simlik turlarining kelib chiqishi haqidagi nazariyasi esa nafaqat butun
tiriklikning birligini tushuntirib berdi, balki ideal ong tabiatini jonli modda bilan
uzviy bog„liq deb tushunish uchun imkoniyat yaratdi. Mazkur nazariya ayrim
narsalarni o„rganishdan jarayonlar va holatlarni o„rganishga,
tabiatni qismlarga
ajratishdan uni yagona tizimga birlashtirishga o„tish bilan tavsiflanadiki, bu
keyinchalik inson va uning ongi genezisini yaxshiroq tushunish, ularning
dunyodagi haqiqiy o„rnini belgilash, pirovard natijada inson va tabiatning birligini
ko„rsatish imkonini berdi.
XX asrda nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasining yaratilishi dunyo
yagona va hamma narsa bir-biri bilan o„zaro bog„liq ekanligi haqidagi
tasavvurlarni sezilarli darajada kengaytirdi va mustahkamladi. XX asrning ikkinchi
yarmida qudratli teleskoplar va tezlatgichlar paydo bo„lishi
bilan hozirgi zamon
fani makro- va mikrodunyolarni o„rganishda yanada ko„proq olg„a siljidi. U koinot
kengliklariga kirib, dunyoning fundamental asoslari haqidagi tasavvurlarimizni
boyitdi. Hozirgi zamon fani maydon va moddaning, korpuskulyar va to„lqinli
moddiy obektlarning birligini isbotlab berdi, materiya, harakat, makon va vaqtning
uzviy birligini asosladi.
Dunyoning birligi g„oyasi tabiiy-ilmiy dalillardan tashqari tarixiy asoslashni
ham taqozo etadi. Bunday asoslashni falsafasiz amalga oshirish mumkin emas,
chunki u butun dunyoga yaxlit tizim sifatida yondashib, rang-baranglikda birlikni
va birlikda rang-baranglikni ko„radi. Dunyoning
rang-barangligi va birligi
muammosining qo„yilishi va uning ilmiy asoslangan echimi borliqni bilish va
izchil o„zgartirish uchun juda muhimdir. Mazkur muammoni falsafiy anglab etish
ham juda alohida ahamiyat kasb etadi. Zero hozirgi davr sharoitida dunyoviy
o„zaro aloqalarning universalligini nafaqat nazariy darajada tushunib etish, balki
tabiatning birligi umumiy tamoyilini amaliy faoliyatda ham hisobga olish talab
etiladi.
Dostları ilə paylaş: