markazi atrofida, u bilan birga esa – galakatik sistema markazi atrofida
aylanadigan kichik bir zarradir. Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham
tinimsiz o„zgarish jarayonini boshdan kechiradi, chunki uzluksiz harakatda bo„lgan
elementar zarralardan tashkil topadi. Temperatura o„zgarishlari, kimyoviy tarkib
o„zgarishlari va shu kabilar bunday harakatning tashqi ko„rinishlari hisoblanadi.
SHuningdek, atomlar va molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolyusiya
jarayonlari mahsulidir. Ular bizning Metagalaktikamiz mavjudligiga zamin
hozirlagan Katta portlashdan keyingina vujudga kelgan. Buning ustiga hozirgi
zamon geografiyasi qitalar bir-biriga nisbatan siljishini isbotladi. Ular ajralgan muz
bo„laklari kabi Erning qaynoq magmasi bo„ylab yiliga bir necha santimetr tezlikda
harakatlanadi.
Shunday qilib,
harakat abadiy va yo„q bo„lmas, materiyadan ajralmas va
mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy bo„lib, o„tkinchi xususiyatga ega.
Harakat
Shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va (harakatsizlikdan
farqli o„laroq) biron-bir tashqi omilga bog„liq bo„lmaydi. Oqilona nuqtai nazardan
u boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham ko„rinmaydi va zamirida
kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi har qanday borliqning o„z-o„zidan
harakati sifatida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: