4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili


Makon va vaqtning topologik xossalari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Makon va vaqtning topologik xossalari. 
Topologik xossalarga sifat 
ko„rsatkichlari, makon va vaqtning uzluksizligi, bog„liqligi, vaqt tartibi, yo„nalishi 
va o„lchamliligi kiradi

Makonning topologik xossalari – makonning bir xilligi, 
izotropligi (jarayonlar ayni bir sharoitda bir xil kechishi) hamdir. Vaqtning 
topologik xossalari - bir yo„nalishlilik, muayyan o„lchovlilik, orqaga qaytmaslik.
 
Bu ko„rsatkichlarning hammasi hanuzgacha faylasuflar shug„ullanadigan qator 
muammolarni tashkil etadi va falsafiy jihatdan ilmiy-nazariy asoslashga muhtojdir.
Vaqt tartibi va yo‘nalishi
. Vaqt shakllanishi yoki o„tishining obektiv 
xususiyati to„g„risidagi masala qadimdan hozirgi kungacha qizg„in bahsga sabab 
bo„layotgan muammodir. Odatda, vaqt tartibi va yo„nalishi to„g„risida so„z 
yuritilganida, uning o„tmishdan hozirgi vaqt orqali kelajakka o„tishi nazarda 
tutiladi. Vaqt bir yo„nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida 
namoyon bo„ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki 
majmuidan foydalanilgan: 
«O„tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining 
sifati va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko„proq mos keladi. 
Vaqtning miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari 
qo„llaniladi

Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki 
majmuidan foydalanilgan: A majmui – «o„tmish – hozirgi vaqt – kelajak» va V 
majmui – «oldin – ayni bir vaqtda – keyin». Vaqtning miqdor ko„rsatkichlari qayd 
etilgan hollarda vaqt tushunchalarining ikkinchi majmuidan foydalanilgan. 
Masalan: 4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo 
tilimizning tuzilishiga ko„ra 4 soat «o„tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap 


tuzish imkoni yo„q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-
Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui 
haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin