Har bir davrning o„z ruhi bor, chunki davr – bu ayni holda inson avlodi
vaqtidir.
Bu erda zamondoshlar ijtimoiy-tarixiy avlodining manaviy dunyosi
haqida gapirish o„rinli bo„ladi. Avlodning manaviy dunyosi ko„p sonli, bazan o„z
xususiyatiga ko„ra bir-biriga zid bo„lgan omillar majmui tasirida shakllanadi.
Ammo bu omillar orasida moddiy hayot ziddiyatlari birinchi darajali ahamiyat
kasb etadi. Ushbu ziddiyatlar ijtimoiy vazifalarni ilgari surish, jamiyatda ijtimoiy
manfaatlarning rivojlanishi, bazan ularning qutblashuvini belgilovchi obektiv asos
sifatida amal qiladi. Moddiy hayot ziddiyatlari murakkab voqealar va jarayonlarda,
xronologik zamondoshlar ularda o„ynaydigan o„ta rang-barang va hatto qarama-
qarshi rollarda o„zini namoyon etadi.
Odamlar mazkur avlodining faoliyati qancha mazmunli va izchil bo„lsa,
unda keng xalq ommasi ishtirok etsa, davr ruhi shuncha kuchli bo„ladi, u tarixda
shuncha chuqur iz qoldiradi, shuncha ko„p qahramonlarni yaratadi, kelajak
avlodlarga shuncha go„zal va jozibali bo„lib tuyuladi. Zamondoshlar faoliyatining
mazmuni, mohiyati va maqsadlari, ular o„z maqsadlariga erishish uchun tanlovchi
va foydalanuvchi shakllar, usullar va vositalar, yuz berayotgan ijtimoiy voqealar
jarayoni va natijasiga ko„maklashuvchi va ularga bevosita yoki bilvosita tasir
ko„rsatuvchi tarixiy sharoitlar majmui odamlar avlodi yashayotgan davrga alohida,
betakror ruh va tus baxsh etadi. Bu faoliyat, bu voqealarni ularning ishtirokchilari
o„z boshlaridan kechiradilar; ularni kelajak avlodlar anglab etadilar, baholaydilar
va qayta baholaydilar. Bazan yuz bergan voqeaning asl mazmuni va mohiyati
oradan ancha vaqt o„tganidan so„ng ayon bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: