farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, sanog„i,
hisobi, «oldingi va keyingiga bog„langan harakatlar soni»dir. Aristotelda makon
harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan
tashqarida yotuvchi va hamma narsani
harakatga keltiruvchi boqiy, harakatsiz,
ilohiy osmon joylashgan. Aristotelning makon va vaqtga talqiniga nisbatan
yondashuviga o„xshash tasavvurlar yangi davrda G.Leybnits va R.Dekart
tomonidan rivojlantirildi. Uningcha, borliqning mustaqil asoslari sifatidagi bo„shliq
ham, sof davomlilik ham mavjud emas.
Makon narsalarning ko„lamini, o„zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki
uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning
davomiyligini ifodalaydi
.
Obektlarning ko„lamliligi va jarayonlarning davomiyligi
birlamchi xossalar emas, ular tortilish va itarilish kuchlari, ichki va tashqi o„zaro
tasirlar, harakat va o„zgarish bilan belgilanadi. Mazkur nuqtai nazardan
ko„rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo„lmaydi.
Bu yo„nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnitsdir (1646-1716).
O„rta asrlar falsafasida makon va vaqtga obektiv idealizm nuqtai nazaridan
yondashuv bo„lib unga ko„ra faqat Xudo makon va vaqtdan tashqarida deb
fikrlanadi.
Mazkur nuqtai nazarning shakllanishiga Avliyo Avgustin (354-430)
salmoqli hissa qo„shgan. Idealistik qarashlar makon va vaqtning obektivligini rad
etish va ular ongning turli shakllariga qaramligini tan olish bilan bog„liq. Masalan,
subektiv idealizm vakillari (Berkli, Yum, Max va boshqalar) makon va vaqtga
individual ong shakllari sifatida yondashadi. Xususan, D.YUm
uchun ular faqat
idrokda mavjuddir. I.Kant ham makon va vaqtga subektiv deb qaraydi, ammo
ularni aprior, yani insonga tajribaga qadar berilgan hissiy mushohada shakllari
sifatida tushunadi. I.Kant makon va vaqtni inson hissiyoti shakli – kuzatish shakli
sifatida talqin qiladi. Unga ko„ra, aynan dunyoni bilishga harakat qilayotgan subekt
o„ziga berilgan dunyoning muayyan makon va vaqtdagi shakl-shamoyilini
yaratadi...
Subektiv-idealistik yondoshuv uchun makon va vaqt – tasavvurlarning
joylashuv usuli, binobarin, ular o„z kelib chiqishining psixologik manbaiga ega
.
Berklidan Maxga qadar makon va vaqt - sezgilarning tartibga solingan qatorlari
shakllaridir, degan yondashuv amal qildi.
Ingliz faylasufi Pirson fikriga ko„ra,
makon va vaqt amalda mavjud emas, ular narsalarni idrok etishning subektiv usuli,
xolos. Makon – narsalarni idrok etish tartibi yoki kategoriyasi bo„lsa, vaqt
voqealarni idrok etish kategoriyasidir. A.A.Bogdanov makon va vaqtni tashkil
etuvchi va uyg„unlashtiruvchi inson tafakkuri mahsuli deb hisoblaydi.
Makon va vaqt tabiati haqidagi metafizik yondashuvlarni rad etuvchi tabiiy
ilmiy dalillar XIX asr oxirida fizikada elektromagnit nazariyasi yuzaga kelishi
bilan shakllana boshladi.
Uning rivojlanishi faylasuflarni bo„shliq haqidagi
tasavvurlardan voz kechishga majbur qildi. Dastlab u “efir” to„g„risidagi g„oya
bilan almashtirildi. Efir hamma joyda to„liq, lekin mutlaq va hech narsaga bog„liq
bo„lmagan makonning shakli vazifasini bajargan. Keyinchalik bu tasavvurlardan
ham voz kechildi.
Makon va vaqtni mutlaqo mustaqil atributlar sifatida qayd etuvchi metafizik
substansional konsepsiya XIX-XX asrlarda fanning rivojlanish jarayonida o„z
ahamiyatini butunlay yo„qotdi.
Lobachevskiy
makon va vaqtning evklid
geometriyasi tavsiflamagan xossalari mavjud, degan taxminni ilgari surdi. Bu
taxmin absolyut makon konsepsiyasini inkor etadi, chunki makon faqat geometrik
tavsiflanishi lozim edi.
Asosiy g„oyalari A.Eynshteyn tomonidan 1905 yilda
tariflangan xususiy nisbiylik nazariyasida makon va vaqtning geometrik xossalari
ularda gravitatsion massalarning taqsimlanishiga bog„liq ekanligi aniqlandi.
Uning fikricha og„ir obektlar yaqinida makon va vaqtning geometrik xossalari
evklid geometriyasi tamoyillaridan uzoqlasha boshlaydi, vaqtning o„tish surati esa
susayadi.
A.Eynshteyn (1916 yilda) o„zining umumiy nisbiylik nazariyasi bilan
nafaqat makon va vaqtning substansional konsepsiyasiga,
balki makon va vaqt
mohiyatining subektivistik aprioristik talqinlariga ham qaqshatqich zarba berdi. U
makon va vaqt xossalari moddiy tizimlar harakati va o„zaro tasiriga bog„liq
ekanligini ko„rsatib berdi. A.Eynshteyn o„z nazariyasining mohiyatini tushuntirar
ekan, shunday deb qayd etdi: «Ilgari qandaydir mo„jiza yuz berib, barcha moddiy
narsalar birdan yo„q bo„lib qolsa, makon va vaqt qoladi, deb hisoblashgan.
Nisbiylik nazariyasiga ko„ra esa, bu holda narsalar bilan birga makon va vaqt ham
yo„q bo„lib ketgan bo„ladi»
18
.
Hozirgi zamon tabiatshunosligi va falsafiy xulosalar nuqtai nazaridan
obektiv borliq makon, vaqt, harakat hamda modda va maydon turlari o„zaro
tasirining uzviy aloqasidan iborat
. Hozirgi olimlar
yagona va obektiv makon va
vaqt kontinuumi to„g„risida so„z yuritishni maqul ko„radilar. Makon va vaqt
moddiy jismlar mavjudligining o„zaro bog„langan shakllari sifatida tushuniladi.
Makon – materiya borlig„ining ko„lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning
o„zaro tasirlarini ifodalovchi shakli. Vaqt – materiya borlig„ining barcha obektlar
mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o„zgarishlarini tavsiflovchi shakli.
Dostları ilə paylaş: