sabab bo„lganini anglatmaydi, balki materiya makon va vaqtdan tashqarida mavjud
bo„lishi mumkin emasligini takidlaydi. Makonning uch o„lchovliligi hanuzgacha
ilmiy-nazariy jihatdan aniq isbotlanmagan.
Makon va vaqtning Cheksiz ligi hamda
tuganmasligi
,
makonning uch o„lchovliligi, vaqtning bir yo„nalishliligi, orqaga
qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim.
Biz
makroskopik tajribada ko„radigan obektlar uch o„lchovli ko„lamlilikka – uch
o„lchovdagi o„lchamlilikka ega. Makonning
har qanday nuqtasi uch soni
yordamida beriladi. Ammo makonning uch o„lchovliligi faylasuflar uchun amalda
jumboq bo„lib qolamoqda. Ular uchun bu asoslashga urinishlar natija bermayotgan
empirik postulat sifatida qabul qilinadi. Makonning uch o„lchovliligini tariflab
bergan Aristotel pifagorchilarning g„oyalari yordamida
uni asoslashga harakat
qilgan. U uch o„lchov eng mukammal va tugallangan bo„lib, aynan 3 soni shunday
xususiyatga ega ekanligini qayd etgan.
Biz yashaydigan makon uch o„lchovlidir. Bu boshqa makon mavjud bo„lishi
mumkin emas, degan manoni anglatmaydi, lekin
boshqa makonda atomlar ham,
molekulalar ham, Quyosh sistemasi ham bo„lmasligi mumkin. Agar makon uch
o„lchovli bo„lmaganida, amaldagi barcha fizik qonuniyatlar buzilgan bo„lar edi;
narsalar biron-bir sababsiz paydo bo„lishi va yo„q bo„lishi mumkin edi (ularning
sabablari boshqa o„lchovlarda bo„lar edi); atomlar mavjud bo„lishi mumkin emas
edi, chunki elektronlar darhol yadrolar ustiga tushar edi.
Butun dunyo boshqacha
bo„lishi lozim bo„lar edi. Demak, bizning dunyomizda har qanday voqea to„rt son:
makonning voqea yuz bergan joyni qayd etuvchi uch koordinati va uning vaqt
ko„rsatkichi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, moddiy dunyo obektlarining «3
1»
ko„rinishidagi makon va vaqt tuzilishiga mansubligi ularning universal xossasi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: