boshqalar o„rgandi. Ular jonsiz tabiatga xos bo„lmagan
asimmetriya molekulyar
darajada atomlar guruhlarida «so„l» va «chap» qanotlar ko„rinishida namoyon
bo„lishi, organizmlar darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini
aniqladilar.
Makon va vaqtning metrik xossalari
.
Metrik xossalarga makon va
vaqtning ko„lamlilik hamda davomlilik kabi miqdor ko„rsatkichlari kiradi.
Ko„lamlilik joy va o„rinning mavjudligini nazarda tutadi. Joy – makon chegarasi
va u qamrab oluvchi muayyan hajmning birligi. O„rin – bir joyning boshqa
joylarga nisbatan koordinatsiyasi. Joy va o„rin makon tuzilishini belgilaydi.
SHunday qilib, biz makon tuzilishi haqida so„z yuritganda uning joy va o„rnini
tavsiflashimiz shart.
Davomlilik va lahza vaqtning asosiy metrik ko„rsatkichlari
hisoblanadi. Lahza – davomlilikning boshqa parchalab bo„lmaydigan atomi,
davomlilik kvanti. Davomlilikning o„zi bunda muayyan chegaraga solingan
lahzalar majmui sifatida tushuniladi. Muayyan obekt
mavjudligining dastlabki va
pirovard lahzalari ana shunday chegara sifatida amal qiladi. Davomlilik – obekt
mavjudligining davomiyligi va saqlanishidir.
Davomlilik voqea-hodisalarning ayni
bir vaqtda yuz berishi – sinxroniya yoki ketma-ketlik – diaxroniya munosabatlari
bilan tavsiflanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: