harakatlanuvchi bo„shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan.
Uning fikricha, bo„shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir.
Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy deb tasavvur qilgan va uni
bo„shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz, vaqt esa bir
tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar talimotiga ko„ra,
makon obektiv, bir xil va Cheksiz . U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni
abadiyat bilan tenglashtirish mumkin – u o„tmishdan kelajak sari bir maromda
kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi joy.
Qadimgi yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni mustaqil
substansiyalarga ajratuvchi bu g„oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida
rivojlantirildi.
XVIII-XIX asrlarda substansional konsepsiya – mutlaq makon va vaqt
konsepsiyasi falsafa va tabiatshunoslikda etakchilik qildi. Bu o„z mohiyatiga ko„ra
metafizik konsepsiya edi, chunki u harakatlanuvchi materiya, makon va vaqtning
aloqadorligini etiborga olmas edi. Mazkur konsepsiyaga ko„ra, materiyadan
tashqarida sof makon yoki moddiy jarayonlar bilan mutlaqo bog„liq bo„lmagan
vaqt mavjud bo„lishi mumkin edi. SHunga qaramay, makon va vaqt haqidagi bu
tasavvurlar muayyan empirik asosdan xoli emas edi. Odatdagi tajriba va past
tezliklar sohasida, makrodunyoda (makrodunyo esa inson yashaydigan asosiy
muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan narsa o„rtasida bevosita bog„lanish
kuzatilmaydi. Obekt muayyan joydan uzoqlashishi mumkin, lekin buning
natijasida makon o„zgarmaydi va yo„qolmaydi. Vaqt ham shunday tushuniladi, u
obektlarga bog„liq emas. Shuning uchun ham bunday yondashuvlar saqlanib
qolgan, ayniqsa, tabiatshunoslik mikrodunyoni o„rganishga hali yaqinlashmagan
sharoitda keng tarqalgan.
Ammo F.Gegel bunday yondashuvlarni qatiy inkor etgan. U makon mustaqil
bo„lishi mumkin emasligini qayd etgan, vaqt haqida esa shunday degan: «...hamma
narsa vaqtda yuzaga kelmaydi va yuz bermaydi, balki vaqtning o„zi shu
shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir»
17
. Bu etirozlarida F.Gegel haq edi.
Umuman, Gegel o„zining obektiv idealizmida makon va vaqtga etibor qaratmagan,
chunki u vaqtdan tashqari, boqiy, «sof mantiqiy» xususiyatga ega bo„lgan
bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga harakat qilgan.
Dostları ilə paylaş: