4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Tarix vaqti – bu inson vaqti
, yani ijtimoiy vaqtning eng oliy darajasidir, 
chunki tarix o„z-o„zini yaratuvchi, o„z-o„zidan rivojlanuvchi jarayondir. Individ 
o„limga mahkum, avlodlar keladi va ketadi, lekin birorta ham hayot izsiz yo„q 
bo„lib ketmaydi, yani tarixdan chetda qolmaydi. Tarixiy vaqt o„limga mahkum 
bo„lgan odamlarning real hayot faoliyati bilan uzviydir. Ayni paytda u har bir 
individga nisbatan uning substansiyasi sifatida amal qiladi. Bu individ va avlod o„z 
asri bilan uzviy ekanligini, insonning mohiyati ijtimoiy munosabatlar majmui bilan 
belgilanishini anglatadi. 
«Tarixni odamlar yaratadi» degan tezis va «tarix odamlarni yaratadi» degan 
antitezis sintez yo„li bilan echiladi: odamlar o„z tarixi vositasida o„zlarini o„zlari 
yaratadilar. Barcha odamlar, barcha avlodlar faoliyatining umumiy mahsuli 


bo„lgan «tarix daryosi» o„ziga olg„a yo„l ochish bilangina kifoyalanmaydi. O„z 
yo„lida u kengayib, suvga to„lib boradi. Uning oqimi ham jadallashadi, qirg„oqlari 
kengayadi, tubi yanada chuqurlashadi. Tarixni vaqt nuqtai nazaridan o„rganish 
uning «uzunlik», «kenglik» va «chuqurlik» mezonlariga muvofiq o„rganish 
demakdir. Tarixiy vaqtning «uzunligi» deganda asosan uning topologik xossalari: 
o„lchamlari, asosiy bosqichlarining ketma-ketligi, bu ketma-ketlikning 
muqarrarligi tushuniladi.
Tarixning «kengligi» - bu tarix chegarasining kengayishi demakdir. Bunda 
kengayish tushunchasini ikki xil manoda: tarixiy jarayon yangi va yangi 
hududlarni qamrab olishi sifatida (kengayishning yuzaki, ekologo-geografik jihati) 
va «tarix doirasi»ning, yani kishilar umumiy tarixiy faoliyati maydonining 
kengayishi sifatida tushunish o„rinli bo„ladi (kishilar umumiy tarixiy faoliyati faol 
tarix ijodkorligiga uning yangi va yangi ishtirokchilarini keng jalb qilishni ham 
nazarda tutadi).
Insoniyat tarixi vaqti – bu uning obektiv vaqtigina emas. U ong fenomeni 
hamdir. Jamiyat, tarix nafaqat obekt, balki subekt sifatida ham maydonga chiqadi. 
Bunda u gnoseologik subektning eng oliy tipi va darajasi hisoblanadi. Ijtimoiy 
ongning yaxlit strukturasida vaqtni anglab etish o„zini uning alohida, ichki darajasi 
sifatida, jamiyatni tarixiy anglash sifatida namoyon etadi.
Darhaqiqat, tarixiy jarayon insoniyat vaqtda boshdan kechiruvchi 
o„zgarishlarning umumiy xususiyati va manosi demakdir. Ushbu o„zgarishlarning 
mazmuni tarixiy vaqtning ichki ziddiyatlari va jumboqlarini belgilaydi. Bu erda 
shunday jumboqlardan ikkitasini ko„rsatib o„tamiz.
1. Insoniyat yildan-yilga ulg„ayib va ayni paytda yosharib boradi. Uning 
ulg„ayishi yoshiga yosh qo„shilishi bilan, yosharishi esa – ijtimoiy hayot uzluksiz 
yangilanishi bilan izohlanadi. Insoniyat bolaligi – biz uchun qadim zamon, yangi 
davr esa, aksincha, o„zimiz yashayotgan zamondir. Ko„rib turganimizdek, bu 
jumboq tarixiy davrlar tasnifida o„z ifodasini topadi. 
2. O„tmishni o„zgartirish mumkin emas, deb hisoblanadi. Bu fikr tabiat 
uchun mutlaqo o„rinlidir. Ammo jamiyatda, tarixda o„tmish o„zgarishi mumkin. 
Har bir yirik tarixiy voqea nafaqat istiqbolli kuchga, balki retrospektiv kuchga ham 
ega bo„ladi. Hozirda yashayotgan avlod o„z izdoshlarini tayyorlash, ularga talim va 
tarbiya berish bilan bir vaqtda o„z ishlari, g„oyalarining salafchilarini ham tanlaydi. 
Lo„nda qilib aytganda, u o„tmish ummonidan bugungi maqsad, bugungi 
manfaatlarga muvofiq o„ziga zarur va qadrli bo„lgan mo„ljallarni tanlab oladi. 
Masalan, O„zbekiston mustaqilligining o„tmishi – bu Muqanna qo„zg„oloni, 
Jaloliddin Manguberdi kurashi, Parij Kommunasining o„tmishi – bu Spartak 
qo„zg„oloni va Buyuk fransuz inqilobi, gitlerchilar natsizmining o„tmishi esa – bu 
«ko„ppak-ritsarlar» va Barbarossa. Shunday qilib, o„tmishning mazmuni o„zgaradi, 
yani u xotirada, kelajak avlodlar munosabatida o„zgaradi.


Tarix haqida biz uning oqibatlari, yani hozirgi zamonga qarab hukm 
chiqaramiz. Tarixning intihosi insoniyat halokati bilan barobardir. Ammo tarixning 
mazmuni uning obektiv qonuniyati tan olinishi bilangina belgilanmaydi. Amalda 
jamiyatgina emas, balki tabiat ham muayyan qonunlarga muvofiq rivojlanadi. 
Ammo o„simliklar dunyosining rivojlanish jarayoni ham, hayvonot dunyosining 
rivojlanish jarayoni ham «mazmun»ga ega emas, u faqat insoniyatning rivojlanish 
jarayonida, yani kishilik tarixidagina mavjud.
Inson hayoti mazmunga ega bo„lgani, yani qadriyat hisoblangani tufayli ham 
insoniyat tarixi mazmunga egadir. Shu manoda insoniyat tarixi mazmunining 
mezoni va ayni paytda uning taraqqiyotini belgilovchi mezon sifatida 
insonparvarlik maydonga chiqadi
22
. Tarixiy jarayon yo„li, uning yo„nalishi sirtdan 
belgilanmagan, lekin u insoniyat tomonidan ham maqsad sifatida qo„yilmagan va 
anglab etilmagan. Tarixning mazmuni individlarning muayyan maqsadga 
erishishga qaratilgan faoliyatidan kelib chiqadi, lekin uning o„zigagina bog„liq 
bo„lmaydi va u bilan to„la muvofiq kelmaydi. Tarixning mazmuni deganda inson 
avlodlarining hayoti va almashuvi jarayonlarining obektiv mazmuni tushuniladi. 
Unda inson borlig„ining murakkabligi, ziddiyatlarga to„laligi va o„ziga xosligi 
bo„rtib namoyon bo„ladi. Har kim va hammaning erkin rivojlanishini qaror 
toptirish uchun kurash bilan bog„liq bo„lgan har qanday jarayon teran tarixiy 
mazmun kasb etadi. O„z shaxsiyatini namoyon etish uchun kurashni inson ham 
tabiiy, ham o„z faoliyati natijasida vujudga kelgan stixiyali kuchlarga qarshi olib 
boradi.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi zamirida orqaga qaytarib 
bo„lmaydigan jarayon – ijtimoiy ishlab chiqarish yotadi. Bu mexanizmning ishi 
tarix motorigina emas, balki uning soati hamdir. Tarixiy va astronomik soatlar ayni 
bir vaqtni ko„rsatmaydi. Tarixiy vaqtga nisbatan xronologik shkala tashqi chegara 
hisoblanadi. U voqealarning davomliligi va ketma-ketligini yagona obektiv 
miqyosda ifodalash imkoniyatini beradi. Tarixiy jarayon suratining o„sishi yoki 
pasayishini faqat shu asosda aniqlash va kuzatish mumkin. Ammo xronologiya 
ijtimoiy rivojlanish yo„lining mazmuni va xususiyatiga tegishli emas. O„tmish 
voqealari, hodisalari va obidalarining eng aniq sanasi ham ularning umumiy tarixiy 
jarayondagi sabablari, asoslari va mazmuni haqidagi savollarga javob bermaydi, 
chunki buning uchun jarayon chegarasinigina emas, balki uning manzarasini, yani 
harakatning o„ziga mos mantiqini ham bilish talab etiladi.
Tarixiy jarayon va uning mazmuni tabiat va tabiiy vaqtga nisbatan malum 
darajada mustaqildir. Bu mustaqillik nisbiydir, chunki jamiyatning o„zini ham bir 
paytlar tabiat yaratgan. Ammo ijtimoiy hayot rivojlanishi va murakkablashib 
borishi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari biologik tanlanish qonunlariga 
nisbatan ustunlik qila boshlagan. Ijtimoiy sikllar, yani ijtimoiy hayotning moddiy 
va manaviy ishlab chiqarish qonunlarini ifodalovchi ijtimoiy vaqt sikllari 
kunlarning birida harakatga keltirilgach, keyinchalik bu harakatni immanent 
22
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари.-Т.: Маънавият, 2006. –Б 67.


sabablar tasirida, o„z zaminida amalga oshiradi. Bu jamiyat tabiatdan xalos 
bo„lishini anglatmaydi, aksincha, insonning muhim kuchlari rivojlanishi bilan 
odamlar tabiatni o„zlariga bo„ysundirib, shu tariqa u bilan yanada chuqurroq 
aloqaga kirishadilar, ammo bu aloqa biologik organizm va muhit o„rtasida mavjud 
bo„lgan birlamchi, tabiiy rishtalardan butunlay farq qiladi, zero bu erda gap 
ijtimoiy organizmning o„zini qurshagan tabiiy muhitga moslashuvi haqida emas, 
balki uning yanada kengroq va teranroq strukturalarini o„zgartirishi haqida boradi.
Tabiat inson ishlariga befarq. Tarixiy xronologiya astronomik vaqt 
maromidan o„z mezoni sifatidagina foydalanadi. Ammo tarixda vaqtni 
xronologiyaning o„zigagina bog„lash o„rinli bo„lmaydi. Ijtimoiy jarayonlarning 
rivojlanishida yuz bergan sifat o„zgarishlarini ifodalash ham uning muhim 
tomonlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning yangi tipi, yangi ijtimoiy 
strukturalarning vujudga kelishi, ularning shakllanishi kabi hodisalar asta-sekin 
yuz berishi va asrlarni (qadimgi jamiyatda esa – ming yilliklarni) qamrab olishi 
tufayli, ularning sanasini aniq belgilash mumkin emas va biron-bir tarixchi o„z 
oldiga bunday vazifani qo„ymaydi
23
. Insoniyat tarixi boshlangan vaqtni 
aniqlashning o„zi fan uchun uning imkoniyatlari doirasidan tashqaridagi vazifa 
hisoblanadi.
Tarixning boshlanishi bir lahzali voqea emas, balki o„ta murakkab, 
ziddiyatlarga to„la va ancha davomli jarayondir. Ibtidoiy odamlar o„rtasidagi 
biologik aloqalar o„rnini ijtimoiy aloqalar darhol va o„z-o„zidan egallagani yo„q, 
balki ular bilan uzoq vaqt mobaynida yonma-yon mavjud bo„lib, asta-sekin, 
bosqichma-bosqich ulardan ustunroq mavqeni egallagan va ularni siqib chiqarib, 
dastlabki tobe va tasodifiy munosabatlardan hukmron va zaruriy munosabatlarga 
aylangan. Insoniyat hayotini avlodlar bilan o„lchash tarixiy vaqtni oldinma-ketin 
keluvchi avlodlar zanjiri sifatida tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Bunda har bir 
avlod mazkur zanjirning bir bo„g„ini hisoblanadi.
Insoniyat yoshi boshqacha mezonlarga ega. Bosib o„tilgan yo„lni odamlar 
o„z ishlari, yutuqlari va mag„lubiyatlari bilan o„lchaydilar. Hayvonlar va 
o„simliklardan farqli o„laroq, inson o„z hayot yo„lini, o„tmishdan kelajakka 
eltuvchi yo„lni o„zi tanlaydi, o„z tarixini, yani o„z vaqtini o„z qo„li bilan yaratadi. 
O„tmishda qolgan avlodlar – bugungi kunga olib kelgan yo„ldagi bosqichlargina 
emas, balki uning hammualliflari hamdir. Homo sapiens inson filogenezi tarixida 
oxirgi va yakuniy tur hisoblanadi, shu tufayli ham ijtimoiy tarix tabiiy intihoga ega 
bo„lmaydi, u hamisha kelajak sari ochiqdir. Insoniyat vaqtda yangi tur sari emas, 
balki o„zining yangi yutuqlari sari harakatlanadi. Bu yutuqlar qancha ulkan bo„lsa, 
tarix shuncha yangi, tarixiy vaqt shuncha yosh bo„ladi. Ayrim mamlakatga 
nisbatan ham, ayrim xalqqa nisbatan ham u o„zining har bir tub burilishi, o„z 
yo„lining har bir yangi bosqichi bilan birga go„yoki yosharib boradi: tarixiy 
23
Абдуллажонова Д. Тарихий хотиранинг моҳияти ва унинг намоѐн бўлиш хусусиятлари..
Фалс.фанлари 
номз диссер Автореф
.. –Т.: ЎзМУ
, 2006 – Б. 23.


rivojlanish jarayonining butunlay o„zgacha imkoniyatlar va istiqbollar ochuvchi 
yangi bosqichi boshlanadi.
Biologik turdan farqli o„laroq, odamzot, yani insoniyat tarixi vaqt o„tishi 
bilan o„zining har tomonlama, keng rivojlanish qobiliyatini yo„qotmaydi, balki uni 
kasb etadi va ko„p karra kuchaytiradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida jamiyatning 
imkoniyatlari doirasi qisqarmaydi, balki kengayib boradi. Bu insoniyat ulg„aygani 
sari qarimasligini yana bir karra tasdiqlaydi. Ijtimoiy munosabatlar rivojlangani 
sari yanada etukroq, mukammalroq tus oladi, chunki tarixiy jarayonga yangi va 
yangi omillar qo„shiladi, tabiatning ko„r-ko„rona determinizmiga nisbatan 
insonning mustaqilligi oshadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin