4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Davr ruhi – avlodning amaliy aqli turli tarixiy zamonlarda ijtimoiy 
munosabatlarning umumiy rivojlanish darajasiga va jamiyatning etuklik 
darajasiga qarab turlicha mazmun kasb etadi, asosan ongning u yoki bu 
shakllarida mujassamlashadi
. Malumki, o„rta asrlarda mafkuraviy hayot deyarli 
to„liq din bilan belgilangan, o„ta radikal g„oyalar ham, o„ta konservativ g„oyalar 
ham bu davrda dunyoviy va haqiqiy hayotga butunlay begona bo„lgan shakl-
shamoyil kasb etgan. Boshqa zamonda esa bu rol o„zga turlar va janrlarga o„tgan: 
masalan, XX asrning 30–40-yillari O„zbekistonda badiiy adabiyot ijtimoiy g„oyalar 
jarchisiga, umummilliy minbarga aylangan. Ijtimoiy tafakkur tarixini o„rganish 
turli xalqlarda turli tarixiy bosqichlarda o„z davrining etakchi g„oyalari bunyodkori 
va tashuvchisi rolini odatda ongning o„zida nazariy mazmunni o„ta emotsional, 
yorqin shakl bilan birlashtirgan shakllari va darajalari o„ynaganini ko„rsatadi. 
Mafkura odamlar ongi va qalbini egallagan taqdirdagina chinakam moddiy kuchga 
aylanishi mumkin.
Ayni shu sababli davr ruhi ehtiroslardan xoli, sovuqqon ong bo„lishi 
mumkin emas. Mazkur ong qadriyat sifatida maydonga chiqadi, insonga hayotda 
yo„l ko„rsatadi, shu tufayli ham u boshqaruvchi xususiyat kasb etadi. U hozirgi 
zamonni maqbul va kutilgan kelajak nuqtai nazaridan anglab etishdir. Bunga 
zamondoshlar avlodining o„z ajdodlariga, ananalarga bo„lgan munosabati, yani 
o„tmishga munosabat ham kiradi. Shunday qilib, avlod ruhi nafaqat yuzaki, balki 
ichki vaqt mezonlariga ham ega bo„ladi: u muayyan darajadagi ijtimoiy-tarixiy 


rivojlanish mahsuli bo„lish bilan bir vaqtda ijtimoiy voqelikning o„zi guvohi 
bo„layotgan jarayonlari va voqealariga o„z munosabatini bildiradi. Davr ruhining 
ichki mezonlari zamondoshlar avlodi faoliyatining subektiv yo„nalishi va 
mo„ljallariga, bu orqali esa – jamiyatda kutilayotgan o„zgarishlarning xususiyatiga, 
yuzaga kelgan tarixiy vaziyatda odamlar tanlashga harakat qilayotgan yo„lga ishora 
qiladi.
Individual ong zamirida ham, ijtimoiy ong zamirida ham ijtimoiy vaqtni 
anglab etish yotadi. Avlod ongi bu munosabatda alohida o„rin egallaydi. 
Gnoseologik subekt sifatida ijtimoiy-tarixiy avlod individ va jamiyat o„rtasidagi 
oraliq bo„g„indir. Ammo bu hol ong muammosini o„rganishda doim ham etiborga 
olinavermaydi. Zamondoshlar avlodi kishilik tarixining gorizontal kesimi, yani 
vaqtning muayyan, xronologik jihatdan ixcham qismida olingan jamiyatdir. Shu 
tufayli ham avlod tarixiy harakatni, o„z borlig„i vaqtini anglab etishi ijtimoiy ong 
mexanizmini harakatga keltiruvchi birlamchi, boshlang„ich omil hisoblanadi.
Avlod ongi, binobarin, umuman ong zamirida yotuvchi vaqtni anglash tashqi 
dunyoning obektiv jarayonlari haqidagi nazariy bilim sifatidagina emas, balki eng 
avvalo ommaning faol yondoshuvi va subektiv manfaatlari, uning xohish-irodasi 
ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Uni vaqt muammosini nazariy, yani ilmiy va 
falsafiy, konseptual anglab etish bilan bog„lash mumkin emas, chunki mazkur 
muammo rivojlangan va etuk madaniyat kun tartibiga ancha kech qo„yilgan va 
hatto hozirgi zamon ijtimoiy ongining tarkibiy tuzilmasida ham uning eng yuksak 
darajalariga tegishlidir. Til lingvistikadan oldin, tafakkur esa mantiqdan ilgari 
paydo bo„lganidek, o„z davrini (ajdodlar va avlodlarga o„zining va o„z 
zamondoshlarining munosabatini, avlodlar almashuvi dalilining o„zini) anglab 
etishga intilish har qanday fandan oldinroq paydo bo„lgan, yani ilk nazariy va 
nonazariy darajalarda vujudga kelgan. U yoki bu davrda, odamlarning u yoki bu 
avlodida vaqt haqidagi tasavvurning rivojlanish darajasi xususida faylasuflarning 
risolalarigina emas, balki o„sha davrga mansub bo„lgan madaniyat boyliklari ham 
darak beradi. Bu haqda eng avvalo odamlar faoliyatining xususiyati va ularning 
turmush tarzi dalolat beradi. Vaqtga muayyan munosabat zamondoshlarning 
dunyoqarashida, ularning manaviy dunyosida, xalq ijodi (eposi)ning mazmunida, 
oddiy, ommaviy ong sohasida va hokazolarda namoyon bo„ladi. Har qanday 
nazariyalar va konsepsiyalardan farqli o„laroq, bu soha amaldagi tarixiy rivojlanish 
jarayoniga, yuz berayotgan voqealarga mazkur avlodning bevosita munosabatini 
aks ettiradi. O„z-o„zidan ravshanki, bu erda mazkur mavzuda umumiy fikr-
mulohazalargina bildirilishi mumkin; ushbu nuqtai nazardan mazmunli va konkret 
tahlil esa kengroq va murakkabroq mustaqil ilmiy tadqiqot vazifasini tashkil etgan 
bo„lur edi. 
Davr ruhi real ijtimoiy vaqt (avlod vaqti) mahsuli va ayni paytda 
zamondoshlarning unga bo„lgan subektiv munosabati sifatida avlodning o„z 
o„zligini anglash jarayonini belgilaydi.
Bu davr ruhining ijtimoiy va gnoseologik 
funksiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy borliq sohasida ziddiyatlar qancha keskin va 
kuchli, ijtimoiy ong strukturasi qancha murakkab bo„lsa, davr ruhi shuncha kuchli 


va etuk darajada bo„ladi. Hamonki ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning inikosi 
hisoblanar, ijtimoiy inikos esa o„z tabiati va mohiyatiga ko„ra voqelikni ildamroq 
aks ettirar ekan, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan inson ongining ildam 
xususiyati kuchayib boradi, ayni shu zaminda inson miyasida barcha g„oyalar va 
tasavvurlar tug„iladi, degan umumiy xulosaga kelish mumkin. Odamlarning 
muayyan, konkret avlodi tarixiy harakatning real, bevosita tashuvchisi bo„lgani 
bois, mavjud ijtimoiy borliq haqida zamondoshlarning tasavvuri obektiv ijtimoiy 
vaqtga bo„lgan munosabat shakli (yani ijtimoiy mo„ljal) sifatida inson o„zligi faol 
ishlashini taminlovchi ichki manbani, ijtimoiy ongning barcha shakllari va 
darajalari mahkamlanadigan o„ziga xos «sinch»ni tashkil etadi. 
Mazkur vaqtga zamondoshlarning munosabati qancha chuqur bo„lsa, 
jamiyatning intellektual va manaviy hayoti shuncha faol va boy bo„ladi. Vaqtni his 
qilmaslik avlodning manaviy o„limi, uning tarixiy jarayondan tushib qolishi bilan 
barobardir. Ammo vaqtni his qilish yoki his qilmaslik individlarning antropologik 
xossasi, ularning peshonasiga yozilgan yoki yozilmagan qobiliyat emas. Agar bu 
xossa bo„lsa, uni ijtimoiy xossa deb nomlash o„rinli bo„ladi, yani uning o„zi 
ijtimoiy vaqt, yuz berayotgan tarixiy jarayon darajasi va xususiyatining 
ko„rsatkichidir. Avlod ijtimoiy vaqtining ichki mezonlari uning tashqi mezonlari 
bilan belgilanadi: obektiv, moddiy, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish omillari 
va qizg„inlik darajasiga qarab tarixiy jarayonga bo„lgan subektiv munosabatning 
mazmuni va xususiyati dam kuchayadi va chuqurlashadi, dam susayadi yoki o„z 
shakl-shamoyilini o„zgartiradi. O„z-o„zidan ravshanki, turg„unlik davrlarida va 
jamiyat hayotida tub burilish yasagan yirik voqealarga boy davrlarda 
zamondoshlarning ijtimoiy vaqtga bo„lgan subektiv munosabati bir xil bo„lmaydi. 
Ayni shu sababli bo„ronlar va bo„hronlarni boshdan kechirgan avlod davrining ruhi 
va yarim mudroq holatda yashayotgan avlod davrining ruhi ham har xil bo„ladi.
Shunday qilib, vaqtni his qilish unga daxldor bo„lish demakdir. Ammo bu 
avlodning o„z o„zligini anglashi hamdir, zero zamondoshlar yagona maqsadga 
erishishga qaratilgan umumiy ishlarda ongli ravishda ishtirok etgan taqdirdagina 
o„zlarini yakdil va birdam his qilishlari mumkin. Shundagina «o„z-o„zidagi» avlod 
«o„zi uchun» avlodga aylanadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin