Makon va vaqtning dinamik va statik konsepsiyalari. Dinamik konsepsiya vaqt jarayonlarining, shu jumladan vaqt oqimining obektiv borlig„ini, yani o„tmish, hozir va kelajak voqealari o„rtasida real fizik farqlar mavjudligini tan oladi. Ayni vaqtda, mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, haqiqiy borliqqa hozirgi
vaqt voqealarigina ega bo„ladi. O„tmish xotiralarda mavjud, kelajak voqealari
amalda ro„y beradimi, yo„qmi - nomalum. Faqat hozirgi vaqtda ehtimol tutilgan
voqealar o„tmishdagi sabablar asosida real borliqqa aylanishi mumkin. So„ngra
ular ham o„z davrida muayyan iz qoldirib, o„tmishga aylanadi.
Vaqt tartibi va yo„nalishini tushunib etishning ikkinchi statik konsepsiyasi - obektiv vaqt jarayonlari mavjudligini inkor etmagan holda, vaqtning o„tmish, hozir va kelajakka bo„linishini rad etadi . Unda «oldin - keyin» vaqt nisbati obektiv deb
etirof etiladi. Ushbu konsepsiya tarafdorlari B.Rassel va T.Gold fikriga ko„ra,
kuzatish etibordan soqit etilsa, dunyoda har qanday holat yuz berishi mumkin.
G„arb falsafiy adabiyotlarida bu konsepsiya «Sovib qolgan olam konsepsiyasi» deb
ataladi.
Ammo statik konsepsiyadagi vaqtning harakati va oqimi subekt –
kuzatuvchiga bog„liqligi haqidagi asosiy tezisiga qo„shilish qiyin. Ko„pgina
jarayonlar kuzatuvchidan qatiy nazar mavjud bo„ladi va yuz beradi. Eng katta
muammo – hozirgi vaqtni qanday tushunish mumkinligida.
Inson uchun eng qimmatli narsa vaqtdir . Xohish va harakat bo„lsa, hamma narsani topish yoki
qo„lga kiritish mumkin, lekin o„tgan vaqtni orqaga qaytarib bo„lmaydi.
Ijtimoiy vaqt. Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas.
Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar mavjudligida.
Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo„linadi. U kishilik jamiyatining o„zgaruvchan informatsion sig„imiga bog„liq. Falsafiy adabiyotlarda vaqt
jarayonlariga makon xossalarining kirishi, yani
ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat turlarining miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o„zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko„rsatilishi bilan bog„liq fikrlarga ham duch kelish mumkin . Makon va vaqt bog„lanishi hamma joyda har xil bo„lgan
«mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo„ladi.
Bularning hammasi makon, vaqt va materiya jarayonlari o„zaro bog„liq
ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt
munosabatlarining
relyasion
va
dinamik
konsepsiyalari
rivojlanishining
ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini namoyon
qiladi.
Ijtimoiy vaqt ham o„ziga xos xususiyatga ega bo„lib, u, biologik va planetar-
kosmik vaqtdan farqli o„laroq, notekis oqadi.
Ijtimoiy vaqtning yana bir jihati bu subektiv, ichki vaqtdir. Subektiv vaqt borliq vaqti emas, balki ong vaqti hisoblanadi. Ammo o„z tabiati va mohiyatiga ko„ra bu ijtimoiy fenomendir 19 . Subektiv vaqtni psixologlar bilan bir qatorda sanatshunoslar va estetika mutaxassislari ham keng o„rganganlar 20 . Ijtimoiy hayot tabiiy hayotning davomi hisoblanadi. Odamlar tug„iladilar, yashaydilar, o„ladilar, nasl qoldirish yo„li bilan o„z nasabini muttasil quvvatlaydilar. Ijtimoiy darajada «individ – avlod – nasab» uchligigina emas, balki bir strukturaviy darajadan boshqa strukturaviy darajaga o„tish obektiv