va kimyoviy jarayonlarning olg„a qarab rivojlanishidan emas, balki ularning
umumiy, differensialanmagan o„zaro tasiridan tashkil topadi. Ayni paytda bunda
geologik va geografik omillar Erda hayot vujudga kelishi uchun tarixiy shart-
sharoit yaratgan, deb takidlash lozim.
Zilzilalar Erning qattiq qobig„ida katta siljish, sinish yoki o„pirilishlar
yuzaga kelishi va tasir energiyasining tez tarqalishi natijasida ro„y berishi haqidagi
tadqiqotlar materiya harakatining geologik shakli mavjudligining dalili
hisoblanadi. SHved olimlarining fikricha, Yer qobig„i muttasil harakatdagi plitalar
bloklaridan tashkil topadi. Ular
bir-birining ustiga chiqib, sunami va zilzilaga
o„xshash tabiiy anomaliyalarni vujudga keltiradi. Masalan, Shveysariya ikki plita –
Afrika va Evropa plitalari tutashgan erda joylashgan. Afrika plitasi yiliga 6-11
mm\tezlikda
siljib,
Shveysariyaning
hududiy yo„qotishlari «sababchisi»
bo„lmoqda. Qadimgi Ural ham har yili 3-5 sm\ tezlikda G„arbiy Evropaga
yaqinlashmoqda.
Qadimgi olimlar Yer qobig„ining harakatini ustki suvlar va Yer ostidagi
issiqlik faoliyati bilan tushuntirganlar. Dunyoviy moddaning harakati kosmik
sabablar tasirida ham yuz bergan, jumladan, olis o„tmishda
Yer vujudga
kelganidan keyin uning yuzasi ulkan asteroidlar urilishidan larzaga kelgan, suvning
1,5 kmg„gacha balandlikka ko„tarilishi esa relefni buzgan, degan fikrlar ham bor.
Bazan «materiya harakatining geologik shakli» tushunchasi boshqa
sayyoralarga nisbatan tatbiq etilgan. Bunday taxmin harakatning universalligini
namoyish etgan, ammo bu aynan Yer sayyorasini ko„rsatuvchi va unda zarur
komponentlar: suv, kislorod, mo„tadil harorat rejimi mavjudligini nazarda tutuvchi
«geo» atamasiga zid bo„lgan. Ushbu komponentlar majmui boshqa sayyoralarda
uchramasligi mazkur fikrning isboti sifatida talqin qilish imkonini beradi.
Materiya harakatining asosiy, xususiy va kompleks shakllari ham mavjud.
Materiya harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar tarkibiga kiradi
. Masalan,
fizik materiya bo„shliq,
maydonlar, elementar zarralar, yadrolar, atomlar,
molekulalar, makrojismlar, yulduzlar, galaktikalar, metagallaktikani o„z ichiga
oladi.
Materiya harakatining kompleks shakllariga astronomik (metagalaktika –
galaktika – yulduzlar – sayyoralar), geologik (planetar jism sharoitidagi materiya
harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan iborat), geografik (litosfera, gidrosfera
va atmosfera doirasidagi materiya harakatining fizik, kimyoviy, biologik va
ijtimoiy shakllarini o„z ichiga oladi) shakllar kiradi.
Materiya harakati kompleks shakllarining
muhim xususiyatlaridan biri
shundan iboratki, ularda pirovard natijada materiyaning quyi shakli – fizik
materiya
etakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi,
gravitatsiya, bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi. Geografik qonunlar fizik va
kimyoviy shartlar hamda Yer yuqori qatlamlarining o„zaro nisbatlari bilan
belgilanadi.
Hozirgi zamon metodologiyasi nuqtai nazaridan materiya harakat
shakllarining oddiy chiziqli joylashuvi to„g„ri emas. U har bir bo„g„inda hech
bo„lmasa ikkiga – rivojlanishning asosiy va ikkinchi darajali tarmoqlariga
bo„linishi zarur.
Birinchi – asosiy tarmoq rivojlanish jarayonini kelajakda mazkur
sifat bosqichi doirasidan tashqariga olib chiquvchi
shakllar vujudga kelishidan
dalolat beradi. Ikkinchi tarmoq mavjud harakat shaklining rivojlanish
imkoniyatlarini ko„rsatadi. Masalan, kimyoviy birikmalar organik va noorganik
birikmalarga ajrala boshlaydi. Mazkur divergensiyada (ikkiga bo„linishda) birinchi
– organik shakl imkoniyatli shakl sifatida rivojlanish jarayonini materiya
harakatining yangi shakli – biologik shaklga olib keladi, imkoniyatsiz tarmoq
hisoblangan ikkinchi shakl biz yashayotgan zamin, uning qobig„
va yuzasini
tavsiflaydi. Materiya harakatining biologik shakli darajasida o„simliklarning
quyidan oliyga rivojlanishi imkoniyatsiz tarmoq sifatida qaralishi mumkin, chunki
bu rivojlanish jarayoni o„z tabiati chegaralaridan chetga chiqishigacha olib
kelmaydi. Hayvonlarning rivojlanishi sifat jihatidan yangi obekt – inson paydo
bo„lgungacha davom etadi. Bu materiya harakatining sifat jihatidan boshqa shakli
vujudga kelganidan dalolat beradi. Materiya harakatining har bir shaklida makro va
mikrodarajalarni farqlash, shuningdek, umumiy hamda xususiy qonuniyatlarni
bilib olish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: