neytrinolar amal qiladi, torsion nurlanishlarning o„ta o„tuvchanligi esa tabiiy
xususiyat sifatida qaraladi.
Torsion to„lqinlarning gruppaviy tezligi kamida 10
9
s (Yorug„lik tezligi)ga
teng deb baholanadi. Ammo bunday misli ko„rilmagan Yorug„lik tezliklari fizika
uchun yangi va favqulodda bir hol emas. Torsion maydonlar o„z-o„zidan hosil
bo„lishi mumkin deb hisoblanadi. Ular fizik vakuumning
tasirlanishi natijasi
sifatida vujudga kelishi mumkin. Har qanday shakl, hatto uning massasi juda oz
bo„lsa ham, vakuumni tasirlantirishi va uni qurshagan muhitda torsion maydon
sifatida namoyon bo„luvchi qutblashishni vujudga keltirishi mumkin.
Bundan
tashqari, vakuumning elektrostatik yoki elektromagnit maydoni mavjud bo„lgan
qismida doim ushbu maydon yaratadigan torsion komponentlar mavjud bo„ladi.
Birlamchi torsion maydonlar birdan-bir tavsifi axborotni tashiydigan va o„zaro
tasirga kirishish chog„ida energiya almashmaydigan uyurmalar mavjudligi
hisoblanuvchi materiya shakli sifatida qaraladi. Ikkilik signallarni torsion aloqa
kanali orqali birinchi uzatish 1986 yilda
amalga oshirilgan
13
.
Tadqiqotchilar torsion maydonlarning effektlarini o„rganar ekanlar, shuni
qayd etadilarki, «vakuum fluktuatsiyasi magnit maydonining muayyan analogiga
olib keladi. Bunda ushbu maydon torsion tuzilmalar tarzida shakllanadi. Torsion
maydonlarning o„zi vakuumning axborot tashuvchi birlamchi bioenergetik
qo„zg„alishlari sifatida qaraladi. Ular vakkumdan materiyaning tug„ilishini, uning
rivojlanishi va o„zaro tasirlarini boshqaradi»
14
. G.Shilov torsion maydonlar
informatsion maydondagi moddiy obektning o„rni va
ahamiyatini aks ettiruvchi
barqaror maydon tuzilmalari – fikr shakllaridan iborat, degan xulosaga keladi
15
.
Barcha moddiy obektlar o„z atrofida torsion maydonlarni yaratsa, ong ular bilan
o„zaro tasirga kirishish xususiyatini aniqlaydi. Torsion maydon tashqi torsion
maydon
tasiri yo„qolganidan keyin saqlanib qoladigan qutblashuvni
induksiyalaydi. Bu holda ko„z tegishi, issitish
va sovutish kabi parailmiy
fenomenlarni, shuningdek «suv xotirasi» hodisasini tushuntirish uchun imkoniyat
yaratiladi. V.Yarsev insonning o„z tanasi hujayralarini energiya va axborot bilan
yagona bioenergetik organizmga birlashtirish xossasini kashf etdi. Bunda
hujayralar birikuvining faollik darajasi va yo„nalishi inson ongi va uning
elementlari (aql, sezgilar, iroda) bilan belgilanadi. Umuman olganda inson
organizmi o„zining umumiy torsion maydonini yaratadi. Axborotni saqlash va
uzatishda organizmdagi suv strukturasi ulkan ahamiyat kasb etadi. Bundan
tashqari, torsion maydonlar o„z-o„zidan hosil bo„lishi mumkin.
Torsion maydonlar nazariyasi – hozirgi zamon fanining eng so„nggi
yutuqlaridan biri va shu bilan bir vaqtda ezoterikaning ko„pgina hodisalarini
tushuntirish uchun sababiy asos. Torsion maydon tushunchasi sinergetika
13
қаранг: Акимов А.Е., Шилов Г.И. Сознание, физика торсионных полей и торсионные технологиии //
Сознание и физическая реальность. – М., 1996. №1-2. – 70-б.
14
Панов В.Ф., Тестов Б.В., Клюев А.В. Влияние торсионного поля на лабораторных мышей // Сознание и
физическая реальность. – М., 1998. №4. – 48-49-б.
15
қаранг: Шилов Г.И. Теория физического вакуума. – М., 1993. – 192-б.
tamoyillarini, xususan attraktorlar harakatiga doir qoidalarni chuqurlashtiradi.
Elektromagnit nurlanish ham doim torsion elementga ega bo„ladi. Katta tezlikda
aylanayotgan jism gravitatsiya kuchini kamaytiradi. Fikr shakli torsion maydonlar
yordamida uzatilganida telekinez fizikasini abstrakt holda tasavvur qilish mumkin.
Torsion maydon individual xotira substrati hisoblanadi,
degan faraz ham
mavjud. Professor A.Stepanov chiqargan xulosaga ko„ra, sirtdan keluvchi axborot
miyaning turli zonalarida kodlanadi va ikki parallel oqimga ajraladi. Bir oqimdan
kiruv parametrlarining ichki holat matritsalari bilan ayniyligini solishtirish uchun
foydalaniladi. U organizmning adaptatsion-kompensator faoliyati uchun javob
beradi. Ikkinchi oqim yangi holatni qayd etadi va kelgan axborotning torsion
maydonlarini induksiyalaydi
16
. Bunday xulosalar Stanislav Grof ilgari surgan
xolotrop konsepsiyasiga ham mos keladi. Ongni xolotrop (yunon. holes – yaxlit)
tushunish ong maydoni miyaning individual faoliyati bilan bilvosita belgilanishini
va Koinot evolyusiyasining rang-barang tajribasini o„z ichiga olishini qayd etadi.
Dostları ilə paylaş: