2.
Mazkur
organizmning
hayotida
keyinchalik
takrorlanmaydigan
ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklar qatori (masalan, dovul, zilzila va h.k.),
ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklargina mavjud bo„lganida, hayot rivojlana
olmas, tirik organizm barqaror va mustahkam strukturaga ega bo„lmas edi. Chunki
bunday struktura tashqi dunyoning organizmga ritmli va siklli tasirlari inikosining
natijasi sifatidagina paydo bo„lishi mumkin. Tabiiy ritmlarga bo„ysunuvchi o„zaro
tasirlar organizmga minglab va millionlab yillar davomida tasir ko„rsatadi. Ular
organizmlarning tuzilishida qayd etiladi. Natijada organizm oldinroq aks ettirish
qobiliyatiga ega bo„ladi.
Masalan, kuz keldi, barglar to„kiladi, fiziologik jarayonlar sekinlashadi,
daraxtlar qishni qarshi olishga tayyorlanib suvsizlanadi, lekin hali sovuq tushgani
yo„q. Bu oldinroq aks ettirishga misol. Vaqtda organizmning (subektning)
o„zgarishi unga tashqi holatlar (obekt) tasir ko„rsatishidan oldinroq yuz bergan
.
Oldinroq aks ettirish – noorganik dunyo va atrof-muhitning takrorlanuvchi
tasirlariga tirik organizmning reaksiyasi.
Bu ketma-ketlik va takroriylik muhim
xossalar hisoblanuvchi noorganik dunyoning makon-vaqt strukturasiga jonli
materiya moslashuvining asosiy shaklidir.
Oldinroq aks ettirish jonli sistemalar dunyoda chidamli, moslashuvchan,
o„zgarishlarga to„la bo„lishiga imkoniyat yaratadi. Insonda oldinroq aks ettirish
qobiliyati ilmiy bashorat va prognostika shaklini kasb etadi.
Inikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtai nazaridan qaralishi
mumkin. Tashqi real aks ettiriluvchi obekt yo„q bo„lganidan keyin inikosning o„zi,
aks ettirish jarayonining natijasi sifatida, yo„q bo„lmaydi, balki aks ettiruvchi
obektda iz ko„rinishida saqlanib qoladi. Shunday qilib, tashqi tasir aks
ettiruvchining tarkibidan o„rin oladi. S.L.Rubinshteyn materiya aks ettirish
qobiliyatining ayni shu xususiyatini nazarda tutib, har bir hodisa malum manoda
«Olam ko„zgusi va aks sadosidir», degan. Axborotning atributiv konsepsiyasi shu
asosda tuziladi.
Dostları ilə paylaş: