Ikkinchidan, u o„z-o„zidan tashkil topuvchi tizimlarning o„zaro tasirlarni tartibga
solish bilan bog„liq bo„lgan xossasi sifatida tushuniladi. Uchinchidan, axborot
materiya va energiya taqsimlanishining turli jinslilik mezoni, dunyoning azaliy
turli jinsliligini qayd etuvchi barcha moddiy tizimlar xossasi sifatida namoyon
bo„ladi. Axborotning yuqorida zikr etilgan uch xil talqini hozirgi zamon
nazariyasidan axborot kommunikativ, funksional va atributiv konsepsiyalari degan
nomlar bilan o„rin olgan.
Atributiv konsepsiya axborotning jonli va jonsiz tabiatdagi har qanday
obektlar va jarayonlarda rang-baranglikning inikosi sifatidagi keng talqiniga
tayanadi.
Unda axborot umuman olganda materiya va energiyaning dunyoda yuz
beruvchi barcha jarayonlarga yo„ldosh bo„lgan makon va vaqtda taqsimlanishining
turli jinsliligi mezoni sifatida tavsiflanadi..
Dostları ilə paylaş: