4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Potensial va aktual Cheksiz lik
. Cheksiz lik tushunchasi potensial va aktual 
Cheksiz likni o„z ichiga oladi. 
Potensial Cheksiz lik miqdor va sifat 
o„zgarishlarining nihoyasiz jarayonini qayd etadi.
Potensial Cheksiz lik to„xtatish, 
bekor qilish yoki mavjud emas deb elon qilish mumkin bo„lmagan shakllanish, 
o„zgarish va rivojlanish jarayoniga ishora qiladi.
Aktual Cheksiz lik muayoyan sharoitda to„liq mavjud bo„lgan Cheksiz 
likning mavhumlashtirilgan ko„rinishidir.
Bu o„xshash obektlarning Cheksiz
to„plamidan, masalan, Yer yuzidagi odamlarning sochlaridan yoki sayyoramizda 
o„suvchi gullardan tashkil topgan o„ziga xos obekt sifatida oddiy tushunishga 
asoslanadi. Aktual Cheksiz lik intiholi narsalarning Cheksiz miqdoridan tashkil 
topgan obektlarning son-sanoqsiz to„plamlari aktual tarzda mavjudligi to„g„risida 
so„z yuritish imkonini beradi. Aktual Cheksiz lik muayyan mavjud borliq sifatida 
olinadi, ammo u doim eng ko„p etiroz va qarshilikka sabab bo„ladi. Ko„plab 
faylasuflar bu masalani chetlab o„tishga harakat qilganlar. Bunda Aristotel 
qarashlari ancha muhim rol o„ynagan. U ikki ming yil davomida amal qilgan 
«aktual emas, balki potensial Cheksiz likkina mavjuddir», degan qoidani ilgari 
surdi. Sog„lom fikr nuqtai nazaridan Aristotelning bu g„oyasini asoslovchi dalillar 
bisyor. Potensial Cheksiz lik, obrazli qilib aytganda, har qanday songa birni 
qo„shish imkonini beradi va ancha sodda mavhumlik hisoblanadi. Uni qabul qilish 
va unga ko„nikish mumkin. Aktual Cheksiz lik esa mutlaqo paradoksal xususiyatga 
ega, chunki u Cheksiz likni «shu erda» va «hozir» yakunlangan, deb hisoblaydi
masalan: agar biron-bir ichkilikboz kishi hozirgacha ko„p ichkilik ichgani va yana 
ikki shisha shmpan vinosi icha olishini aytsa, bu potensial Cheksiz lik hisoblanadi. 
Agar u Cheksiz miqdorda shampan vinosi ichganini aytsa, uning bu fikriga absurd 
gap sifatida qarash kerak bo„ladi. Ayni vaqtda, bu aktual Cheksiz likni o„zining 
barcha elementlariga ega bo„lgan real obekt ko„rinishida mavjud Cheksiz lik 
sifatida ifodalashga urinish hisoblanadi. Muttasil rivojlanuvchi olam shakllangan 
aktual Cheksiz lik sifatida tavsiflanishi mumkin emas. Ammo aktual Cheksiz lik 
g„oyasining o„zi ijod manbai va evristik izlanishlar uchun zamin sifatida ancha 
samarali xulosa bo„ladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin