Olamning chekliligi va Cheksiz ligi.
Falsafada olamning chekliligi va
Cheksiz ligi bilan bog„liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir
konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning Cheksiz va chegarasizligi
etirof etiladi. Cheksiz likni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv)
shakllar mavjudligi ko„plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Intensiv
Cheksiz lik materiyaning ichdan nihoyasizligi haqidagi tasavvurdir
.
Intensiv Cheksiz likning mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega bo„lmagan,
mutlaqo elementar obektlar yo„qligini ko„rsatadi.
Intensiv Cheksiz lik
mikrozarralarni o„rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga Cheksiz
bo„linishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi
ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Ekstensiv Cheksiz lik ichdan emas, balki sirtdan Cheksiz likdir
.
U mazkur
obekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va obektdan tashqaridagi
Cheksiz likni ifodalaydi.
Bu erda obekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar
bilan o„zaro tasirlar tizimiga bog„liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda Cheksiz
lik mavjud bo„lib, u bilish qaratilgan yo„nalishdan kelib chiqadi va intensiv yoki
ekstensiv deb tushuniladi.
Ekstensiv va intensiv Cheksiz lik – haqiqiy Cheksiz
likning o„ziga xos proeksiyalaridir.
Ularni geometrik shaklning koordinatalar
o„qidagi proeksiyalariga o„xshatish mumkin.
Dunyoning chekliligi yoki Cheksiz ligi g„oyasini isbotlash va inkor etishga
Kant antinomiyalaridayoq harakat qilingan edi.
Kant antinomiyalariga, agar dunyo
vaqtda o„z ibtidosiga ega bo„lsa, demak, dunyo yaralgunga qadar hech narsasiz
sof vaqt mavjud bo„lgan, lekin bu «hech narsa»dan dunyo yaralishi mumkin emas.
Agar dunyo makon va vaqtda ibtidoga ega emas, deb taxmin qilinsa, bundan
hozirgi vaqtgacha Cheksiz lik o„tgan, yani har qanday voqeadan oldin Cheksiz
vaqt o„tgan, bugun esa u tugadi va olam nimagadir ayni shu vaqtda vujudga keldi,
degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham ehtimoldan uzoq bo„lgan holdir.
Olamning relyativistik konsepsiyasi bo„lishi ehtimol tutilgan butun moddiy
dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» g„oyasida Cheksiz lik g„oyasi
butunlay inkor etilib, fanda to„ntarish yasalishiga olib keladigandek bo„lib tuyuldi.
Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning
yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi talimoti o„tmishda ko„p
karra takrorlangan olamda Erning yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki Galaktikaning
yagonaligi haqidagi g„oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari,
garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo„lsa-da, uning ayrim
qisminigina tushuntiradi. Faqat, mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon
va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning
chekliligi hamda Cheksiz ligi haqidagi kosmologik tasavvurlar Cheksiz lik
g„oyasini inkor etmaydi.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning
ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal
tavsiflashga davo qilmaydi, lekin cheklilik va Cheksiz likni biz yashayotgan
olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o„rganadi.
Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1917 yilda olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi. U
bunda quyidagi taxminlardan kelib chiqdi.
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir
xil va izotrop tuzilishga ega. Garchi og„ir obektlar yaqinida makon-vaqt
geometriyasi o„zgarsa-da, bu o„zgarish olamning o„zgarmas egrilikka ega bo„lgan
bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og„ishdir, xolos.
2. Olam turg„un, vaqtda o„zgarmasdir. Shu bois maydon geometriyasi
evolyusiyaga ega bo„lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda,
«silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni Cheksiz ko„lamli to„rt o„lchovli
silindr ko„rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo„ylab vaqt
o„qi o„tadi, u o„tmishga ham, kelajakka ham Cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi
maydonni beradi. Mazkur modelda bu o„zgarmas musbat egrilikka ega uch
o„lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa
mavjud bo„lmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak.
Ayni holda maydon «o„z-o„zida tutashadi» va bu unda hech qachon to„siqqa
uchramasdan Cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o„tmishda qolgan. Uning
olamning turg„un modelini yaratishga urinishlari hozir olamning abadiyatda
o„zgarmas holda mavjudligi haqidagi ananaviy tasavvurlarga hurmat sifatida
qaraladi. Olamning turg„un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida
yaratganini ham etiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi echimini A.Fridman taklif qilgan va uni
belgiyalik kosmolog M.Lemetr rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg„unligi
haqidagi taxmindan voz kechadi, lekin uning bir xilligi va izotropligi haqidagi
postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil echimini taklif qilish imkonini
berdi:
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng
bo„lsa, maydon evklid maydoni bo„ladi, yani egriligi nolga teng bo„ladi va dunyo
Cheksiz bo„ladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo„lsa, olam maydoni
Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va Cheksiz hajmga
ega, ochiq va bel ko„rinishida bo„ladi.
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo„lsa, maydon
musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo„ladi. Dunyo berk va chekli bo„lib,
Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: |