sifatida qarala boshlandi. Mazkur yondashuvlarning
kamchiligi shunda ediki,
barcha moddiy narsalar alohida modda deb tushunildi, moddaning o„zi sof mexanik
ko„rinishda tasavvur qilinib, unga o„lcham, massa, og„irlikka ega, deb qaraldi. SHu
bilan birga, materiyaning maxsus ilmiy va falsafiy talqinlari ayniydir, deb tushunila
boshlandi. Materiyaning falsafiy talqiniga sof induktiv yo„l, oddiy umumlashtirish
yo„li bilan ayrim fanlarning g„oya va qoidalari kiritildi.
Bu yondashuv noto„g„ri edi. Lekin, 1924 yilda B.Rassel, elektromagnit
maydonlar va gravitatsiya maydonlari mavjudligini unutib, o„zidan boshqa
narsalarni o„tkazmaslikni materiyaning asosiy xossasi sifatida tavsifladi. 1964
yilda amerikalik tomist Layten «materiya» tushunchasining massa va energiyaga
bog„langan talqinini taklif qildi.
Materiyani uning xossalaridan biriga bog„lash uni tariflashning ancha keng
tarqalgan, lekin imkoniyatlari cheklangan usulidir. Ilmiy bilishda mazkur usul
elementarizm vujudga kelishiga sabab bo„ldi. Bunda hodisani tushunish uchun
murakkabni oddiyga, butunni esa elementga bog„lash lozim.
Ammo yakkalik yoki xususiylik – muayyan modda
yoki xossaga asoslanib
materiya haqida yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin emas. Ushbu asosda
materiyaga tarif berib bo„lmasligi haqida Volter shunday deb yozgan edi: «Biz
materiyani o„lchaymiz, uni tarkibiy qismlarga ajratamiz, lekin bu qo„pol harakatlar
doirasidan chetga bir qadam tashlashga urinsak ham o„zimizning ojizligimiz va
jarlikni sezamiz»
10
. Materialist faylasuflar materiyaga uni hech narsaga
bog„lamasdan tarif berishga harakat qildilar. Ayni vaqtda XVII-XVIII asrlardayoq
materiya haqida ancha keng tasavvur shakllandi. Bu yo„nalishda F.Bekon,
G.Golbax va D.Didro, ayniqsa, jiddiy muvaffaqiyat qozondi. «Bizning sezgi
organlarimizga tasir ko„rsatuvchi hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir», deb
yozadi G.Golbax
11
. Uning fikricha, materiyani biron-bir yagona birinchi asosga
o„xshatib bo„lmaydi, dunyo bundan rang-barangroqdir, shu bois materiya
tarifi ham
mumkin qadar keng bo„lishi kerak.
XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar metafizik
dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Faradey va
Maksvell tadqiqotlari natijasida materiyaning moddaga qaraganda yangiroq shakli
– elektromagnit maydonining o„zgarish qonunlari aniqlandi. Tadqiqotlar
elektromagnit maydon qonunlari klassik mexanika qonunlariga bog„lanmasligini
ko„rsatdi.
Radioaktivlikning kashf qilinishi atomning noo„tkazuvchanligi haqidagi
talimotni rad etdi, elektronning kashf etilishi, uning bo„linmasligi haqidagi tezisni
kun tartibidan chiqardi, rentgen nurining kashf etilishi bilan modda maydonga
aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Jismlar harakatining
tezligiga qarab
10
Волтер // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001 –С. 110
11
Гольбах // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С.110
massaning o„zgaruvchanligi kashf etildi, jismlarning makon va vaqtga oid
xossalari ularning harakat tezligiga bog„liqligi tushunib etildi.
Bu ixtirolar tabiatshunoslikda yangi inqilobni boshlab berdi. Bularning
barchasi fizik jismlarning xossalari haqidagi odatdagi tasavvurlarga shu darajada
zid ediki, ayrim tabiatshunoslar sarosimaga tushib qoldilar.
Shu bois, fizikada
materiyaning mexanistik talqini, dunyoning mexanistik manzarasi inqirozga yuz
tutdi. Materiya atomga tenglashtirilgan sharoitda va keyinchalik uning
parchalanish qobiliyati aniqlanishi munosabati bilan ayrim fiziklar, shu jumladan,
E.Max va A.Puankare («fizik idealistlar») «materiyaning yo„q bo„lishi
(annigilyasiyasi)» to„g„risidagi xulosaga keldilar. Bu xulosaning metodologik
jihatdan asossizligi shunda ediki, unda falsafiy kategoriya sifatidagi materiya uning
fizik tuzilishi haqidagi talimot bilan tenglashtirildi.
Ular, atomlarning radioaktiv parchalanishini materiyaning «g„oyib bo„lishi»,
uning energiyaga aylanishi sifatida tushuntirishga harakat qildilar. Amalda
materiya g„oyib bo„lmaydi, u haqdagi tasavvurlar eskira boshlagan edi.
Yangi
ilmiy kashfiyotlar qarshisida materiyaga uning ayrim turlariga xos bo„lgan
sifatlarni yuklashga urinishlarning yanglishligi ayon bo„ldi.
Fanning rivojlanishida muhim rol o„ynagan materiyaning uchinchi
konsepsiyasi efir g„oyasiga tayangan. Efir deganda butun dunyoni to„ldiruvchi
uzluksiz muhit tushuniladi.
Atomlar va efir haqidagi talimotlarning birikuvi natijasida shakllangan
atom-efir konsepsiyasida materiya atomlar ko„rinishida ham, efir ko„rinishida ham
mavjud, yani ikkita har xil substansiyadan iborat,
degan fikr ilgari suriladi. Bu
tasavvurlardan kelib chiquvchi obektning modeli bilishning ikki yoqlama
strategiyasini belgilaydi. Bu strategiyaga binoan ayrim (masalan, kimyo yoki
molekulyar fizikadagi) hodisalarga izohni moddaning atom tuzilishidan,
ayrim
(masalan, optika yoki elektrodinamikadagi) hodisalarga izohni esa – efir
muhitining holatidan qidirish lozim.
XIX asrdagi tabiatshunoslik bu strategiya yordamida erishgan yutuqlar
materiya haqidagi atom-efir tasavvurlarning to„g„ri ekanligiga zamondoshlarni
ishontirdi. Aynan ularning yordamida fan nihoyat mustahkam zamin kasb etgandek
va tabiatning barcha sirlari tagiga etish yo„lida ishonch bilan harakatlanayotgandek
bo„lib tuyuldi. Ammo XIX-XX asrlar chegarasida tabiatshunoslikda chinakam
inqilob yasagan kashfiyotlar qilindi. Bo„linmas va buzilmas deb hisoblangan
atomlar parchalanishi mumkinligi, efir xossalari o„ta ziddiyatli bo„lib, uning
mavjudligiga shubha bilan qarashga majbur etishi aniqlandi.
Materiyaning atom-
efir konsepsiyasi asossiz ekanligiga ishonch hosil qilgan olimlar materiya
tushunchasining o„zi eskirgani haqida o„ylay boshladilar va materializmdan yuz
o„girdilar.
Ammo bu davrda materiya tushunchasi emas, balki uning olimlar
tafakkurida qadim zamonlardan boshlab to XX asrgacha hukm surgan substrat
sifatidagina talqinigina puchga chiqqan edi. Tabiatshunoslikda yuz bergan
o„zgarishlarning falsafiy
mazmuni shundan iborat ediki, ular materiyani
tushunishga nisbatan o„zgacha yondashuv zarurligini ko„rsatdi
Dostları ilə paylaş: