4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili


Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. 
Geotsentrik dunyo 
haqidagi tasavvur Yer miqyosidagi obektlarga daxldor nazariyalarning 
umumlashtirilishi natijasida yuzaga kelgan. Unda, aynan Yer dunyosi andoza va 
negiz sifatida qabul qilinadi. 
Geotsentrizm talimotiga ko„ra, moddiy tizimlarning 
atributlari barcha darajalarda biz Yer sharoitida duch keluvchi atributlar bilan bir 
xil bo„ladi. Geotsentrizm makon, vaqt, sifat, sababiyat va boshqa atributlar 
ontologik manoda yagonadir, 
degan tasavvurga asoslanadi.
Atributlarning universal mazmuni, inson tanasi mavjudlik shart-
sharoitlarida namoyon bo„luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi 
geotsentrik dunyodir
 
. Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.
Atributlarning universal mazmuni, inson tanasining mavjudlik shart-
sharoitlarida namoyon bo„luvchi atributlarning universal mazmunidan farq 
qiluvchi moddiy obekt nogeotsentrik dunyo deb ataladi.
«Nogeotsentrik dunyo» 
tushunchasi nonyuton vaqti (zamoni), noevklid makoni, umuman, borliqning 
nogeotsentrik turini nazarda tutadi. Mikrodunyo va megadunyoni nogeotsentrik 
dunyolar tomon mavjud bo„lgan «darcha»lar deb faraz qilish uchun asoslar 
mavjud. Ularning qonuniyatlari bizga o„zaro tasirlarning o„zga turini uzoq darajada 
bo„lsa ham tasavvur qilish imkonini beradi. Ayni vaqtda, makrodunyo aloqalari va 
o„zaro tasirlari borliqning geotsentrik turini aks ettiradi. Shunga qaramay, universal 
mazmunning «geotsentrik andoza»dan og„ish xususiyati to„g„risidagi masalani 
faqat amaliyotda echish mumkin. Bu erda falsafadan ko„ra aniq fanlarga asoslanish 
lozim.
Hozirgi zamon metodologlari pirovard maqsadga asoslanadigan va azaldan 
maqsadga muvofiq xususiyatga ega bo„lgan tizimlar bilan stixiyali xususiyatlarni 
namoyish etuvchi mutlaqo ochiq tizimlarni farqlashni taklif qiladi. Mazkur tasnif 
16
қаранг: Степанов А.М. Гомеостатическая модель сознания. Вербальная оболочка // Сознание и физическая 
реальность. – М., 1998. №4. – 60-б. 


yangi narsa paydo bo„lishi mumkin bo„lgan maqsadni belgilash mexanizmiga 
yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.
Noorganik, organik va ijtimoiy tizimlar moddiy tizimlarning eng ko„p 
uchraydigan turlari hisoblanadi. Moddiy tizimning noorganik turini tasniflashda 
uning elementar zarralar va maydonlar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar, 
makroskopik jismlar, geologik tuzilmalar kabi elementlari qayd etiladi. 
Moddiy 
tizim organik turining tuzilishi bir necha darajadan iborat: hujayrasiz daraja - 
DNK, RNK, nuklein kislotalar, oqsillarni; hujayrali daraja – mustaqil mavjud 
bo„lgan bir hujayrali organizmlarni; ko„p hujayrali daraja – to„qimalar, organlar, 
funksional sistemalar (asab sistemasi, qon eltuvchi sistema), yani organizmlar 
(o„simliklar va hayvonlar)ni o„z ichiga oladi. 
Organizmlardan yuqori tuzilmalar 
ham farqlanadi: bu umumiy genofond bilan bog„langan bir turga mansub 
jonzotlarning populyasiyalari – biologik birliklar (o„rmondagi bo„rilar to„dasi, 
ko„ldagi baliqlar galasi, chumoli uyasi yoki butazor va boshqalar)dir. 
Populyasiyaning yaxlitlik darajasi uning tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning 
xususiyatlari va ko„payishini tartibga soladi. Masalan, chigirtkalar biomassasi 
muayyan chegaradan oshib ketsa, ularning ko„payishini sekinlashtiruvchi 
mexanizmlar ishga tushadi. Jonli materiya tuzilishining organizmlardan yuqori 
darajasiga populyasiyalardan tashqari biotsenozlar kiradi. Biotsenozlarning yaxlit 
tizimida populyasiyalar shunday bog„langanki, ulardan birining hayot faoliyati 
mahsulotlari boshqasining yashash shart-sharoitlariga aylanadi. Masalan, o„rmon 
muayyan biotsenoz hisoblanadi: unda yashovchi o„simliklar, shuningdek 
hayvonlar, zamburug„lar, lishayniklar va mikroorganizmlarning populyasiyalari 
o„zaro tasirga kirishib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi.
Biosfera doirasida moddiy tizimning alohida turi - kishilik jamiyati 
rivojlangan. Bu ijtimoiy tizim ham alohida kichik tizimlar individ, oila, guruh, 
jamoa, davlat, millat va boshqalarni o„z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida 
turi sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo„ladi. SHu sababli 
jamiyatga o„z ehtiyojlarini qondirish va rivojlanish imkonini beruvchi ijtimoiy 
ishlab chiqarish bilan bog„liq inson faoliyati substansional negiz hisoblanadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin